Get Mystery Box with random crypto!

“Samarqand suv ta'minoti” MChJga qarashli oqava suvlarni tozal | Samarqand | Kun.uz

“Samarqand suv ta'minoti” MChJga qarashli oqava suvlarni tozalash inshooti tozalanmagan suvlarni Siyobcha kanaliga oqizayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidan oqib o‘tuvchi Siyobcha kanaligia oqova suvlar oqizilayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat joyida o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish natijasida haqiqatdan ham Samarqand tumani ''Qo‘shtamg‘ali'' mahallasi hududida joylashgan “Samarqand suv ta'minoti” MChJga qarashli oqava suvlarni tozalash inshootiga tortib beruvchi nasos stansiyasi elektr tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sababli, hosil bo‘layotgan oqava suvlar tozalanmasdan Siyobcha kanaliga oqizilayotgani aniqlangan.

Hozirda Siyobcha kanaliga oqizilayotgan oqava suvidan kimyoviy tahlillar uchun na'munalar olingan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonun talablariga muvofiq o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Samarqand xabarlari