Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot oliygohlarining xalqaro til sertifikati bor talabalar | Samarqand | Kun.uz

Tibbiyot oliygohlarining xalqaro til sertifikati bor talabalariga vazir stipendiyasini beriladi

Tibbiyot oliygohlarida o‘qiyotgan, xorijiy tillardan yuqori daraja sertifikatiga ega bo‘lgan talabalarga vazir stipendiyasi berilishi mumkin. Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov bu tizimni joriy qilish bo‘yicha huquqiy asoslar ishlab chiqilishini bildirdi.

O‘zbekistondagi 11ta tibbiyot oliy ta’lim muassasasida tahsil oluvchi talabalar orasida 7,5 va undan yuqori bo‘lgan IELs sertifikatiga, nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlar ko‘p. Ularni qo‘llab-quvvatlash uchun vazir stipendiyasini joriy qilish rejalashtirilgan. Bu haqda Amrillo Inoyatov tizim faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.

Samarqand xabarlari