Get Mystery Box with random crypto!

Qiziltepada paxta-yig‘im terimi boshlandi Qiziltepa tumaninin | Navoiy | Kun.uz

Qiziltepada paxta-yig‘im terimi boshlandi

Qiziltepa tumanining O‘rtacho‘l hududida paxta yig‘im-terim mavsumiga start berildi. Bu haqda Navoiy viloyati axborot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, bugun Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Akmaljon Mahmudaliyev va Qiziltepa tumani hokimi Ulug‘bek Fayziyev O‘rtacho‘l paxta qabul qilish punktida fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashgan.

Uchrashuvda fermerlar bilan yangi paxta yig‘im-terim mavsumini uyushqoqlik, birdamlik bilan boshlash, hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib olish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bir guruh ilg‘or fermerlarga sovg‘alar topshirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda Qiziltepada 7 695 gektar maydonda paxta yetishtirildi. Reja 25 125 tonnani tashkil qilmoqda.

Navoiy xabarlari