Get Mystery Box with random crypto!

Jizzaxda Samarqanddan Toshkentga olib ketilayotgan noma‘lum ha | Jizzax | Kun.uz

Jizzaxda Samarqanddan Toshkentga olib ketilayotgan noma‘lum hayvon go‘shti to‘xtatib qolindi

2022 yil 9 iyun soat 00:30 larda Jizzax viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi, YHXB hamda viloyat Veterinariya xodimlari hamkorlikda Doʻstlik tumani "Manas-14" YPX maskanida "Samarqand-Toshkent" yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi toʻxtatilib, tekshirilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro X.Sh mashina saloni va yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz nomaʼlum hayvon goʻshtini olib ketayotgani aniqlangan.

Ushbu nomaʼlum hayvon goʻshti insonlar isteʼmoli uchun yaroqli yoki yaroqsizligini bilish maqsadida vaqtincha saqlash uchun muzxonaga qoʻyilib, xolislar ishtirokida hujjatlashtrilgan.

Jizzax xabarlari