Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz | Online

Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online K
Telegram kanalining logotibi kunonline — Kun.uz | Online
Kanal manzili: @kunonline
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.10K
Kanalning ta’rifi

Kun.uz’ning tezkor yangiliklar uchun kanali
Rasmiy kanal (Kirill): @kunuzofficial
Rasmiy kanal (Lotin): @kunuz
Rus tilidagi xabarlar: @kunuzru
Ingliz tilidagi xabarlar: @kunuzen
Murojaat uchun: info@kun.uz
Reklama:
998 78 113 10 10

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

3

1 stars

0


Oxirgi xabar 475

2022-09-06 14:04:21 AQSH dollarining rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 7-sentabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

USD 10 971,22 so‘m (-9,43)
RUB 180,82 so‘m (+1,47)
EUR 10 919,66 so‘m (+23,56)

@kunonline
21.2K viewsedited  11:04
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:03:20 Joriy yilgi terim mavsumida qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan, ikkinchi terimda esa 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mehnat haqi to‘lash belgilandi.

@kunonline
22.2K views11:03
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:52:43
Saudiya Arabistonining FlyNas kompaniyasi 15-sentabrdan Toshkent-Jidda reyslarini yo’lga qo’yadi.

Saudiya Arabistonining O’zbekistondagi elchisi Yusuf al-Utaybiyga ko’ra, reyslar haftasiga 2 marta amalga oshiriladi.

@kunonline
21.3K viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:36:23
Boris Jonson Dauning-stritdagi hukumat rahbari qarorgohini tark etdi va qirolicha Yelizaveta II'ning Shotlandiyadagi qarorgohi bo'lmish Balmoral qal'asiga yo'l oldi.

Jonson u yerda qirolichaga o'zining iste'fosi haqida ma'lum qilib, yangi bosh vazir Liz Trassni tanishtiradi. Britaniya hukmron partiyasining yangi yetakchisi Trass ham Balmoralga yo'l olgan.

@kunonline
23.8K views08:36
Ochish/sharhlash
2022-09-06 11:09:59
Shavkat Mirziyoyev maktablar qurilishi bo‘yicha hokimlarni qattiq tanqid qildi.

Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimiga uning prokurorni haqorat qilib, tahdid qilgan audiosini eslatdi.

@kunonline
26.2K views08:09
Ochish/sharhlash
2022-09-06 10:59:59
Toshkent shahrida 5-qavatda osilib qolgan 14 yoshli qiz qutqarildi.

@kunonline
27.5K views07:59
Ochish/sharhlash
2022-09-06 10:49:07
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 1-maktabda 4-sinf o‘quvchilariga kitoblarni tepadan uloqtirib tarqatgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va shu maktab direktori ishdan olindi.

@kunonline
39.6K views07:49
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:44:59 NATO Ukraina harbiylari uchun qishki liboslar yetkazib berishni va’da qilmoqda.

Ukraina sovuq kunlar tushishi arafasida NATOdan qurolli kuchlarning 200 mingdan ziyod askarlari uchun qishki liboslar va palatkalar so‘ragan. Alyans a’zolaridan AQSH, Kanada, shunindek, Shvetsiya va Finlandiya ekipirovkalarni yetkazib berish majburiyatini olishgan, deb yozadi Spiegel. Ular hozircha so‘rovning yarmisini qanoatlantirishi mumkin.

@kunonline
25.8K viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2022-09-06 09:24:42
Yevropa komissiyasi shu hafta ichida Ukrainaga yana 5 milliard yevro mikromoliya ko‘magi taklif etadi. Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Twitter’da ma’lum qilgan.

@kunonline
26.1K views06:24
Ochish/sharhlash
2022-09-05 16:35:51
Davlat sirini oshkor qilishda ayblangan rossiyalik jurnalist Ivan Safronov 22 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

@kunonline
21.8K views13:35
Ochish/sharhlash