Get Mystery Box with random crypto!

Ukrainadagi urushning 149-kuni. So‘nggi ma’lumotlar Turkiya | Kun.uz | Online

Ukrainadagi urushning 149-kuni. So‘nggi ma’lumotlar

Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina uning mamlakati hamda BMT hamkorligida ukrain portlarini qamaldan yechish va ukrain g‘allasi eksportini davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Kelishuv bugun Istanbulda imzolanishi kutilmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Britaniya tashqi razvedkasi MI-6 rahbari Richard Mur Ukraina qurolli kuchlari yaqin vaqtlar ichida Donbassda qarshi hujum boshlashi mumkinligi, chunki Rossiya frontga yangi harbiy xizmatchilar va qurol-yarog‘ jo‘natishi qiyinlashayotganini ma’lum qildi.

Ukraina qurolli kuchlari 21 iyul kuni to‘rtta asosiy yo‘nalishda ham rossiyalik harbiylar hujumi qaytarilganini ma’lum qildi. Ukrainaning o‘nlab aholi punktlariga o‘t yog‘dirilgan.

Britaniya mudofaa vazirligi yaqin vaqtlar ichida Ukraina armiyasiga 155 millimetr kalibrli (bu NATO standarti) 20 dan oshiq artilleriya qurilmalari, 36 dona 105 mm kalibrli L119 o‘ziyurar gaubitsalari, yuzlab «kamikadze-dron»lar va 1600 donadan ortiq tankka qarshi raketa tizimlari yuboradi.

Amerikalik harbiylar Ukrainaga sovet tanklariga qarshi kurash uchun maxsus ishlab chiqarilgan A-10 Warthog shturmoviklarini yetkazib berish masalasini muhokama qilmoqda, ammo hozircha yakuniy qarorga kelinmagan.

@kunonline