Get Mystery Box with random crypto!

1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr «metan» gazning eng balan | Kun.uz | Online

1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr «metan» gazning eng baland narxi 3750 so‘m qilib belgilanmoqda

2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish ko‘zda tutilgan qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, metan “zapravka”larda tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15-sentabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-iyundan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 so‘m, 2024 yil 1-iyungacha esa 3350 so‘m edi).

@kunonline