Get Mystery Box with random crypto!

#senga #Bonu ​​Senga hech aytishganmi?... Aytishmagan bo‘lsa | Kunlarim

#senga #Bonu

​​Senga hech aytishganmi?...

Aytishmagan bo‘lsa, mana men aytaman.
Sen boshqachasan...
Mayda istakli dunyoda sening orzularing ulkan...

Sen boshqachasan!..
Manfaat ko‘zlangan davralardan yiroq, ishqi ko‘ngliga qulf, dili huftonlarga nur...

Suhbating yoqimli, atrofing sof, ozor berish oson... xursand qilish yana-da oddiy...
Shu qadarki, ikki insonning samimiyati baxt beroladi.

Sen eng oddiy boshqacha insonsan. Eng mitti zaranggacha o‘zgacha.
Tabassuming ham...

Sen baxtga o‘xshaysan!
Balki, baxtning o‘zi sendir...
Dunyo kir, unda yashab sen kabi kirini yuqtirib olmaslik baxt. Dunyoning kirini ko‘rmaslik baxt. Sen shundaysan...

Qanday holatda bo‘lsang ham, qanday libos kiysang ham, nimani tanavvul qilsang ham sen chiroylisan, sen boshqachasan. Sen hamisha eng afzaliga loyiqsan...

Qanday kunlar boshingga tushsa ham hech bo‘lmasa hozirgi SENni saqlab qol...

@Kunlarimda