Get Mystery Box with random crypto!

Er-xotin boshqa uyga koʻchib  oʻtishdi. Ertalab oʻrnidan turg | Daydi qizning kundaligi

Er-xotin boshqa uyga koʻchib  oʻtishdi.

Ertalab oʻrnidan turgan ayol derazadan qoʻshni xotin kir yuvib, dorga osayotganini koʻrib,  eriga dedi:

- Qarang, buncha ham  kiyimlarini yomon yuvarkan,  shundoq kirligicha turibdi-ya?!

Eri gazeta oʻqiyotganligi uchun  uning gapiga eʼtibor bermadi.

- Balki, sovuni yomonroqdir yoki kir yuvishni bilmas.

Oʻrgatib  qoʻyish kerak, shekilli, kir  yuvishni.

Shu tariqa har safar qoʻshni kir  yuvsa, xotini uning kirni  yuvolmasligini gapiraverardi.

Nihoyat, bir kuni tongda  uyqudan uygʻonib, derazaga  qaradi-yu:

- Tavba!

Boʻlarkan-u, ana endi  kir yuvishni oʻrganibdi! – dedi.

- Yoʻq, - eʼtiroz bildirdi eri, -  men bugun ertaroq turib,  derazalarimizni yuvib  qoʻygandim.

Hayot ham xuddi shunday!

Voqeaga qanaqa derazadan qarashimizga  bogʻliq.

Birovni tanqid qilishdan  oldin oʻzimizning qalbimiz va  niyatlarimiz tozaligiga  qaraylik!

Hammaga hayirli kun