Get Mystery Box with random crypto!

Deyolmasman, 'Sevgilim' seni, Bir zumga ham termulmam yuzing. | ᴋᴜɴᴅᴀʟɪᴋ ᴋɪᴛᴏʙɪᴍ

Deyolmasman, "Sevgilim" seni,
Bir zumga ham termulmam yuzing.
Taqdir olib qochdi-ku seni,
Gunohkor biz, sababchi oʻzing.

Atolmasman, "Hayotim"-deya,
Chunki hayot - shavqatsiz bir oʻq.
Umr oʻtar qalblarni yeya,
Koʻngil qolib, sevgi boʻlar yoʻq.

Demasman hech, "Shirin, asalim"
Lablaringda boʻlsa ham boling.
Hol soʻrashga aylanmas tilim,
Alloh bilsa yetar ahvoling.

Aytsam ham gar, jazolar Alloh,
Bir kun albat jonimni olar.
Balki taqdir boʻlib, mashaalloh
Bu ikki dil uchrashib qolar.

Ne ham derdik? Jim turamiz biz,
Dunyo qolar tang boʻlib loldan.
Sabr qilsak, birga boʻlarmiz,
Kelarsan sen oxir haloldan .

Muallif: Isoqov Xumoyun