Get Mystery Box with random crypto!

🐳دِلْنَوَا

Telegram kanalining logotibi kundalik_egasi — 🐳دِلْنَوَا د
Telegram kanalining logotibi kundalik_egasi — 🐳دِلْنَوَا
Kanal manzili: @kundalik_egasi
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Faqat qizlar uchun

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-17 11:12:42 Yoz bo'yi o'qilgan kitoblar :

1 . Go'zal o'rnak .
2 . Oshiq ham bo'lmaylikmi?
3 . Peshonamdagi nur .
4 . Saodat asri qissalari 1
5 . Samaradorlikning 21 yo'li .
6 . Hurkitilgan tush .
7 . Ilm olish sirlari .
8 . Abu Bakr Siddiq .
9 . O'gay ona .
10 . Morrining seshanba darslari .
11 . Payg'ambarimizni yeg'latgan hodisalar .
12 . Muslima ayollarga maslahatlar .
13 . Boshimning toji .
14 . Hazrati Umar .
15 . Boy ota , kambag'al ota .
16 . Anor .
17 . Sog'lom bo'lish uchun...

@kundalik_egasi
12 views08:12
Ochish/sharhlash
2022-09-16 21:18:12 Telegram : eng yoqtirgan kanal va guruhlarimdan chiqib ketdim . Sababi ularni tomosha qilaman va vaqtim bekorga sarf bo'ladi .

Instagram : eng yoqtirgan bloggerlarimdan ham obunalarimni qaytarib oldim (Amira Rashidova istisno) buning sababi ham yuqorida bayon etilgan sababdir .

@kundalik_egasi
18 views18:18
Ochish/sharhlash
2022-09-16 17:28:03 Bu usul nafaqat Qur'oni karimni yodlashda , balki boshqa ilmlarni o'rganishda ham yordam beradi .
Demak , bilib ishimizni qilishimiz zarur
19 views14:28
Ochish/sharhlash
2022-09-16 17:26:56
19 views14:26
Ochish/sharhlash
2022-09-15 17:57:27
Bilaman , shirinliklarimni sog'ingansizlar .
Aniqrog'i o'zim sog'inganman . Anchadan beri hech narsa pishirmagandim .
20 views14:57
Ochish/sharhlash
2022-09-14 13:00:09 soniya

"Hozir nima qilsam ekan?", "Balki kitob o‘qirman", "Darslarimni tugatishim kerak" kabi savol va fikrlar og‘ushida yotish ko‘pchilikka tanish bo‘lsa kerak?

Huddi shunday fikr va savollarni o‘ylab miyyani 1 daqiqa band qilish kamida yarim soatlik biror ishni bajarish yoki o‘qish energiyasiga teng ekanini bilarmidiginiz?

Qilaymikin yoki yana biroz yotaymi degan savollarni qo‘ying va 5 soniya mashqini bajaring.

5 dan boshlab 0 gacha sanaysiz.
5, 4, 3, 2, 1, 0
Darrov o‘rningizdan turasiz va ishga kirishasiz yoki dars qilishni boshlaysiz tamom

Agar siz 0 dan boshlab 5 gacha sanasangiz miyyangiz yana davom et deydi va 5 dan keyin 6, 7, 8 shu tariqa sanab yotaverasiz yotaverasiz...

Lekin agar 0 gacha sanasangiz undan boshqa son yo‘qligi sabab miyyangizda "Tur o‘rningdan!" degan signal keladi

Dangasalikni eng maksimal nuqtasida turgan bo‘lsangiz ham bu usulni bajarib ko‘ring, darrov ishga kirishasiz
#fathiyya_shaxsiy_rivojlanish
@fathiyyanabijon
24 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-09-13 17:10:49 #muomala

Sizga men yozmasam xafa bo'lmang . Chunki telegramda kamdan-kam insonlar bilan ko'o'o'p suhbatlashib qolishim mumkin . Ammo hech narsadan hech narsa hol-ahvol so'ramayman . Ha men insonlarni faqat o'zimga kerakli paytda eslayman yoki kimdir og'ir damlarni boshdan kechirayotganini eshitsamgina eslab , hol so'rayman .

Odatda mendagi dialoglar quyidagicha o'tadi :

Kimdir :
- Salom .
Men :
- Salom .
Kimdir :
- Qalaysan?
Men :
- Yaxshi .
Kimdir :
- Nima gaplar?
Men :
- Tinchlik .


Shundan so'ng yozmaydi , chunki aytadigan gapi qolmadi .
29 views14:10
Ochish/sharhlash
2022-09-12 15:27:44 #muomala

Qayerda bo'lmasin " ramka " dan chiqmagan holda erkin so'zlashavering . Men hozir shundayman , oldin uyalar edim yoki umuman gaplashmas edim , hozir aksincha , Kim bilandir sizga kerakli mavzuda so'zlashishni nimasi yomon yoki buni nimasidan uyalish kerak?

Men Farg'onadanman , bizda matematika fanini maksimal darajada yaxshi o'tadigan o'qituvchi bor ( Shavkat Uralov - telegram kanalini qidirib topishingiz mumkin )

Bugun darsda doskaga chiqdim , misolni yarmini ishlay olmadim o'zimdan mamnun emasman , lekin shunchaki qayerini tushunmaganimni aytdim qo'ydim . Oldingi holatim bo'lgandami yo'q tushundim derdim . Hozir hammasi yaxshi o'zimni erkin tutaman , rostini aytaman . Qo'rqqanim uchun yoki uyalganim uchun yolg'on gapirmayman . Keyin yana iloji boricha erkin so'zlashishga emas , o'zimni erkin his etishga urunaman . Qayerda bo'lmasin , hayajon yo'q , uyalish va ikkilanish ham:)

Bu juda yaxshi his . Ishonavering . B2 guruhimda his etyapman buni . Kelajakda guruhdoshlarim bu kanalga qo'shilmaydi deya ushbu postni yozdim .
31 views12:27
Ochish/sharhlash
2022-09-11 18:28:04 #dars

Darsni tez va samarali tugallash uchun qanday maslahat berasiz ?

( Sinalgan usullarni tavsiya qiling , masalan men Pomodoro'ni qo'llasam yaxshiroq natija olyapman )
30 views15:28
Ochish/sharhlash
2022-09-11 06:08:19 #tartib

Butun yoz davomida tartibli bo'lish , vaqtni to'g'ri taqsimlash bo'yicha ma'lumotlar to'pladim , endi esa ularni tadbiq qilishgina qoldi xolos .

O'qishda tartibli bo'lish uchun :
• berilgan vazifani vaqtida bajarish kerak ;
• ustoz bergan ilmdan boshqa ilmlarni ham o'zlashtirish kerak ( YouTube orqali ) ;
• hech qachon chala dars qilmaslik kerak .

Uy ishlarida tartibli bo'lish uchun :
• har bir hafta kuniga ishlarni bo'lib qo'yish kerak ;
• rejadan tashqari ishlarni ham maromida bajarish kerak ;
• nolimasdan , aql bilan ish tutish kerak .

Ijtimoiy tarmoqda tartibli bo'lish uchun :
• faqat yo'llarda ijtimoiy tarmoqdan foydalanish kerak ;
• 2ta 3ta bloggerni kuzatish yetarli ;
• yangiliklar kanali ham 1ta bo'lsa kifoya ;
• hammaga ham javob qaytarish shart emas ;
• muhim bo'lsa yana yozishlarini unutmang .

@kundalik_egasi
31 views03:08
Ochish/sharhlash