Get Mystery Box with random crypto!

Tarqating... Yangi 2023-yilgi bosqichlar uchun kitoblar ro‘yx | Kundaligim..❤

Tarqating...

Yangi 2023-yilgi bosqichlar uchun kitoblar ro‘yxati 1-fevralda e‘lon qilinadi degan gap qanchalik haqiqat?

Avvalo, bu narsani bilmoqlik uchun ortga nazar solmoq kerak, deb o‘ylayman. Birinchidan, 2021-yilgi bosqich(g‘oliblari:Muxlisa Nasimova, Yorqinjon Hayitboyev va Sevinch Avazovalar bo‘lgan) tugagandan so‘ng, hozirgi (2022) yil uchun kitoblar ro‘yxati qariyb 1 oydan so‘ng( Respublika bosqichi 10-aprelda tugagan, kitoblar ro‘yxati 4-mayda chiqqan) e‘lon qilindi... Lekin bu kitoblar ro‘yxati mayda chiqadi degan xulosa emas. Ikkinchidan, 2020-yil bosqichlari uchun kitoblar ro‘yxati fevralda chiqqan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kitoblar ro‘yxati muayyan bir oyda chiqmaydi. Lekin barchasida Respublika bosqichi tugagandan so‘ng 1 oy o‘tib chiqqan. Yana ham buni Ma‘sullar hal qiladi. Aytgancha, kitoblar ro‘yxati ,,Yoshlik‘‘ jurnalida e‘lon qilinadi.

@yoshkitobxontestlari