Get Mystery Box with random crypto!

Uchta odam bo'lgan ekan.Ulardan birinchisi faqat 'Ha' deyishni | Kulgili hikoyalar

Uchta odam bo'lgan ekan.Ulardan birinchisi faqat "Ha" deyishni,ikkinchisi "Sanchqi,pichoq" deyishni,uchinchisi "Yana qo'shing" deyishni bilarkan.Bir kuni uchalasi yo'lda ketayotsa,oldlaridan bitta mast chiqib,yiqilib o'lib qolibdi.Keyin militsiya kelib,birinchi odamdan so'rabdi:
-Buni sizlar o'ldirdinglarmi?
Birinchi odam javob beribdi:
-Ha.
Ikkinchi odamdan so'rabdi:
-Nima bilan o'ldirdinglar?
Ikkinchi odam javob beribdi:
-Sanchqi,pichoq.
Uchinchi odamdan so'rabdi:
-Sizlarni 10 yilga qamayman.
Uchinchi odam javob beribdi:
-Yana qo'shing.