Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga keli | Kulgili hikoyalar
Bir mehmondorchilikda yosh surishtirib qolishdi. Afandiga kelib birov: — Afandi, siz nechaga kirdingiz?—deb so‘radi. — Bu yil qirqqa kirdim,— dedi Afandi. — Iye,— dedi boyagi kishi,— bundan o‘n yil ilgari ham qirqqa kirdim degan edingiz-ku? Afandi javob berdi: — Qiziq odam ekansiz, kishining gapi bitta bo‘ladi-da.