Get Mystery Box with random crypto!

Qaydan keldi daydi shamollar To‘zg‘ib ketdi bog‘da xazonlar A | Kreativ fikrlash

Qaydan keldi daydi shamollar
To‘zg‘ib ketdi bog‘da xazonlar
Aytilmoqda yana tong chog‘i
Bomdod uchun go‘zal azonlar.

Tong sahardan boshlab ibodat
Ish boshlayman har kungi odat
Dunyo zar-u molidan emas
Ibodatdan topdim saodat.

Hotirjamdur o‘tgan har kunim
Yomon ishga bormaydi qo‘lim
Gunohlardan tiyildim har vaqt
Kelmasin deb behosdan o‘lim.

Kunlar bo‘ldi hayot daftarim
Varaqlashdan qo‘rqib qolaman
Gunohlarim eslagan onda
Huddi do‘zax ichra yonaman.

Tavba qilib o‘tmishim uchun
Hatolarim men tan olaman
Sajda qilib istig‘for aytib
Gunohimga tavba qilaman.

Cheksiz hamdlar bo‘lsin Allohga
Men yo‘ldaman yo‘qdur yo‘l ortga
Ergashaman bu yo‘lda faqat
Payg‘ambarim (s.a.v) bo‘lgan bir zotga.

Esaverar tongda shamollar
O‘tsa kunlar o‘tsa zamonlar
Iymon Ahli uchun to‘xtamay
Aytilsin har tongda azonlar.