Get Mystery Box with random crypto!

Yangi yil nishonlamasligingiz uchun jiddiy 10 sabab: 1)Siz mu | Kreativ fikrlash

Yangi yil nishonlamasligingiz uchun jiddiy 10 sabab:

1)Siz musulmonsiz yangi yil esa xristianlarning diniy bayrami!

2)Siz “Ahli sunna val jamoa”aqoididansiz.
Rosululloh sollollohu alayhi va sallam hech qachon yangi yil nishonlamaganlar va sahobalarni bu bayram bilan tabriklamaganlar!

3)Musulmonlarning faqatgina Alloh belgilab bergan ikki muborak bayrami bor:
—Ramazon bayrami.
—Qurbon bayrami.

4)Musulmonlarning taqvimi Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning Makkadan Madinaga hijrat qilgan yillaridan hisoblangan “Hijriy yil” asosida belgilanadi.
Yangi yil asosida emas!

5)Yangi yil xristianlarning
“Iso-Allohning o‘g‘li”, degan ishonchlari ustiga qurilgan bo‘xton bayramdir.
Yoki siz ham Allohga tuhmat qilganlar toifasidanmisiz?

6)Rosululloh sollollohu alayhi va sallam dedilar:
“Kim bir qavmga o‘zini o‘xshatsa,bas u o‘shalardandir.”
Abu Dovud rivoyati.
Siz kimlarga taqlid qilmoqdasiz?

7)Dinimizdagi 4 mazhabda ham Yangi yil nishonlashga ruhsat berilmagan.
Archa yasatish joiz ko‘rilmagan.
Siz qaysi mazhabdansiz.
Yoki be mazhabmisiz?

8)Yangi yil nishonlayotganingizda o‘lib kelib qolsa tavba qilishga ulgurasizmi.
Allohga nima deb vaj-karson qilasiz?

9)Biz xristianlarga o‘xshab,faqatgina Iso alayhissalomga emas Allohning butun payg‘ambarlariga iymon keltirganmiz.
Yoki siz faqatgina Iso alayhissalomga ishonasizmi?

“Allohning payg‘ambarlarini birortalarini ajratmaymiz”
Baqaro surasi 285-oyat.

10)Siz musulmonlarga zulm qilayotgan zolimlarning bayramini nishonlashga ular bilan bir kunda bayram qilishga uyalmaysizmi?

“Zulm qilganlarga moyil bo‘lmanglar.
Yana sizni do‘zax olovi tutmasin.
Siz uchun Allohdan O‘zga do‘st yo‘q.
So‘ngra yordam berilmaysizlar”!
Hud surasi 113 oyat.

Yangi yil nishonlashni ummatga halollab berganlardan so‘rang:
Rosululloh sollollohu alayhi va sallam yoki birorta sahoba yangi yil nishonlaganmilar?
Qur'onda musulmonlarning bayramlari va muborak kechalari bilan birga yangi yil hai yoritilganmi?
Agar javoblari ha bo‘lsa ular dinimizga bo‘xton qilganlari etmagandek habibimizga va qur'onimizga ham ochiq bo‘xton qilishibdi.
IShONMANG!

Allohga qayting.Shuncha yillik buzuq,botil aqidangizdan voz keching.
Iymoningizni bir kechadagi o‘yin-kulguga sotmang.
Ibodatlaringizni archa atrofida yoki yangi yil dasturxoni atrofida kulini ko‘kka sovurmang.

Qiyomat yaqin,Azob shiddatli.
G‘ayridinlarni bayramini nishonlashda Allohdan hayo qiling!