Get Mystery Box with random crypto!

#Bu fakt Xudoybergan Devonov - birinchi oʻzbek fotografi U | Kreativ fikrlash

#Bu fakt

Xudoybergan Devonov - birinchi oʻzbek fotografi


U Xiva xoni saroyidagi ilk fotosuratchi edi. Oʻzbek kinosi va fotografiyasi asoschisi boʻlgan. Josuslikda nohaq ayblanib, Stalin qatagʻoni qurboniga aylangan. Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xivada, badavlat oilada tugʻilgan. Otasi Nurmuhammad devon (mirza) Xiva xonining Xoʻjaylidagi mulklari boshqaruvchisi boʻlgan. Xudoybergan Xivadagi madrasada savodini chiqargan, arab tilini oʻrgangan. Adabiyot bilan oshno boʻlib, sheʼrlar yozib turgan. Soatsozga shogirdlikka tushgan. Koʻplab musiqa asboblarini chalishni bilgan. Bogʻdorchilikka qiziqib, bogʻida atirgullarning 40ga yaqin navlarini oʻstirgan. Ammo uning taqdiriga fotografiya va kinematografiya sohasida nom qozonish yozilgan edi.