Get Mystery Box with random crypto!

Bir dona mahsulot shuncha joyni egallayapti. Nega? E’tibor b | Kotler hayratda

Bir dona mahsulot shuncha joyni egallayapti. Nega?

E’tibor bering, Coca Cola (yoki Pepsi) o’zi bir dona mahsulot bo’lishiga qaramay, javonning eniga yarmini, bo’yiga esa barcha qatorlarni egallab turibdi.

Bir dona joyga qo’ysa bo’lmasmidi? Baribir odamlar o’zi qidirib keladi-ku Coca Colani (yoki Pepsini)?

Yo’q! Chunki brend taniqliligi va savdoingiz to’g’ridan to’g’ri javonda qancha joy egallab turishingizga bog’liq.

Ishonasizmi, yo’qmi, shu bir dona mahsulot egallab turgan joyni necha foizga kamaytirsangiz, savdosi deyarli shunchaga pasayadi.

Xulosa, asosiy mahsulotingiz bilan ko’proq joyni egallang. Bor joyingizni barcha mahsulotlar orasida teng proporsional bo’lib tashlanang. Chunki ayrim mahsulotlar bor-ki, qancha ko’p joy olmasin, odamlar uni ma’lum hajmdan ko’proq iste’mol qilmaydi.

@kotlerhayratda