Get Mystery Box with random crypto!

korzinka.uzb

Telegram kanalining logotibi korzinkauzb — korzinka.uzb K
Telegram kanalining logotibi korzinkauzb — korzinka.uzb
Kanal manzili: @korzinkauzb
Toifalar: Oziq-ovqat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38.41K
Kanalning ta’rifi

Канал на русском: @korzinkauz
Katalog: www.krzn.uz/katalog
Yangiliklar: @korzinkanews
Ilova: www.krzn.uz/app
IG: www.krzn.uz/insta
Aloqa: @korzinka_uzbot
781401414
Yetkazuv: @korzinkaGO

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-21 14:02:34
Arab tilini o‘zlashtirishni arab alifbosidan boshlaymiz!

Arab alifbosini o‘rganib, siz o‘zingiz uchun yangi tilni bilibgina qolmay, ajoyib bilimlar olamiga ham eshik ochasiz

Narxlar amal qilish muddati: 2023-yil 24-aprelgacha.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
5.2K views11:02
Ochish/sharhlash
2023-04-21 10:31:59
Shirinlikka nima deysiz? Lazzatli tortlar sizni kutmoqda

Bayramning ilk kunidanoq shirali hordiq chiqarishingiz uchun biz "Violette" tortlariga 15%lik chegirma tayyorladik Shirindan shakar desertlarga kim ham qarshi bo‘lardi, ayniqsa oldinda bizni yana uch kunlik dam olish kunlari kutayotganda-ya

Shirinliksevarlar, kelavering! O‘zingizga yoqqan tortni tanlab olavering

Narxlar amal qilish muddati: 23-aprelgacha

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
6.3K views07:31
Ochish/sharhlash
2023-04-21 08:01:07
Eng talabgir mahsulotlar uchun navbatdagi unumli takliflarimiz to‘plamini kutib oling!

Ro‘zg‘or uchun ilk navbatda kerak bo‘ladigan tovarlarni bizning peshtaxtalarimizdan jozibali narxlarda topishingiz mumkin:

"365 kun" bug‘doy uni, oliy nav — 8 000 so‘m / 1 kg (16 000 so‘m / 2 kg);
"Pepsi" — 12 990 so‘m / 2 L;
"365 kun" margarini — 14 990 so‘m / 500 g;
"365 kun" kungaboqar yog‘i — 15 490 so‘m / 0.9 L;
"365 kun" lazer guruchi — 23 000 so‘m / 1 kg (46 000 so‘m / 2 kg);
Tovuq boldiri — 35 990 so‘m / 1 kg;
"365 kun" tovuq tuxumi — 42 990 so‘m / 30 d;
Qo‘y soni — 92 990 so‘m / 1 kg.

Supermarketlarimizga mehmonga shoshiling, takliflarimiz 26-aprelgacha amal qiladi.

Tovar soni cheklangan.

Korzinka tovarlarini Lebazar'dan onlayn buyurtma qiling

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
2.2K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:17:50
Ramazon Hayit ayyomingiz bilan tabriklaymiz!

Sizni chin yurakdan muqaddas Ramazon Hayiti bayrami bilan qutlaymiz!

Siz va yaqinlaringizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, baxt va farovonlik tilaymiz. Qalblaringiz bugun va har kun mehr, ezgulik va quvonch nuriga toʻla boʻlsin

Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat

#HayitMuborak

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
5.1K views01:17
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:02:02
Korzinkada Mador somsa — to‘g‘ri Parkentdan

Parkentning dong‘i ketgan, ishtahaochar taomi – ko‘k somsa Endi jamadonlarni yig‘ib, uzoq yo‘lga otlanishning hojati yo‘q, to‘g‘ri Korzinkalarimizga kelaverasiz!

Hozir sizga mador somsaning ajoyibotlari haqida so‘zlab beramiz. Bu somsaning xamiri yupqagina, qiymasi esa tog‘ yonbag‘irlaridan terilgan barra ko‘katlardan tayyorlanadi Yana somsa suvlikkina va to‘yimli bo‘lishi uchun qiymaga biroz yog‘ ham qo‘shiladi. Xamir yupqaligidan yoqimli qarsillaydi, ko‘kat isi esa dimog‘ni qitiqlab, yana va yana somsa yeyishga chorlayveradi O‘zingizni to‘xtatib qolishingiz qiyin!

To‘g‘risini ayting, mazali parkent somsasining ta'mini siz ham tuydingizmi? Unda sizni Korzinkada kutamiz!

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
8.0K views15:02
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:51:42
Supermarketlarimizga Sharq ertagi keldi!

Oh, bu sharqona shirinliklardan! Bir marta tatib ko‘rib, yana va yana yegingiz kelaveradi Chak-chak, asal-qand bo‘g‘irsoq — kim ham bunday shirinliklardan bosh tortardi! Shiringina bayram dasturxoningiz uchun a'lo ta'mli shirinliklar!

Ramazon Hayitini biz bilan kutib oling! Korzinkalarimizda siz o‘zingiz va yaqinlaringiz uchun lazzatli ta'mlarni albatta topasiz!

Sizni ko‘rishdan doim xursandmiz

Narxlar amal qilish muddati: 2023-yil 26-aprelgacha.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
7.7K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:23:20
Karnay-surnaylar sadosi ostida Korzinka Chig‘atoy mehmonlarni quchoq ochib kutib oldi!

Qalbimizning to‘ridan o‘rin olgan aziz va qadrdon mehmonlarimiz! Bizni sizga odatdagidan yaqin qilgan Korzinka Chig‘atoy supermarketimiz ochilishida do‘stona muhit, iliq hislar va unutilmas xotiralar taqdim etganingiz uchun katta rahmat Ushbu kun barchamizning yodimizda qolishi, eslaganda yana quvonch olib kelaverishi uchun barini fotolavhalarimizga muhrladik va hozir siz bilan bo‘lishamiz.

Har bir mehmonimiz biz uchun aziz va qadrli! Biz har kuni 08:00dan kechki 00:00gacha xizmatingizdamiz!

Manzilimiz: Chig‘atoy Darvoza mahallasi, 7-A uy. Mo‘ljal: Chig‘atoy SKM.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
7.0K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-04-20 09:29:28
Mana orziqib kutilgan Chevrolet Tracker 2 avtomobilini gʻolibga topshirdik! Yoqimli va quvonchli onlarni siz azizlar bilan ham boʻlishamiz!

“VISA bilan mashina yutuqli oʻyini” aksiyasi doirasida gʻolibimizga sovrinni tantanali topshirdik 16-yanvar sanasida 205 043 soʻmga VISA kartasi bilan xarid amalga oshirgan Diyor aka Rustamovga omad kulib boqdi.

Diyor akaning aytishlaricha, 2017-yildan buyon Korzinkadan xaridlar amalga oshirib keladilar Supermarketimizda aksiya reklamasini koʻrgach, gʻolibimiz omadini sinagan va VISA kartasi bilan toʻlov qilgan. Qoʻngʻiroq qilganimizda esa gʻolibimiz dastlab hatto xushxabarga biroz ishonmadi

Eslatib oʻtamiz, aksiya 9-yanvardan 21-mart oxiriga qadar boʻlib oʻtgan. Ishtirok uchun Oʻzbekiston banklarida ochilgan VISA kartasi bilan 150 000 soʻm yoki koʻproqqa tovar xarid qilib, toʻlov amalga oshirish zarur edi.

Biz gʻolibimizni katta sovrin bilan tabriklaymiz va siz aziz mehmonlarimizga yangi aksiyalarda omad tilaymiz! Ishtirok eting va gʻalaba qozoning!

Gʻoliblar aniqlangan jonli efirlar yozib olingan videolarni bizning YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
3.8K views06:29
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:52:40
Har yangi supermarketimiz ila siz tomon odatdagidan yaqin boraveramiz!

Yangi Korzinka Chig‘atoy supermarketimiz 20-aprel 10:00dan siz azizlarni quchoq ochib kutishga tayyor! Mehmonlarimiz bilan uchrashuv onlariga ko‘rayotgan taraddudimiz va uning natijalarini esa fotolavhalarimizda baham ko‘ramiz Qadam-ba qadam sizga odatdagidan yaqin bo‘lish hamda odatdagidan yorqin hislar taqdim etish uchun amalga oshirayotgan mehnatimiz samarasiga o‘zingiz baho berishingiz mumkin

Ertalab esa sizni oila a'zolaringiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda Korzinka Chig‘atoy supermarketimizda kutamiz! Albatta keling

Manzilimiz: Chig‘atoy Darvoza mahallasi, 7-A uy. Mo‘ljal: Chig‘atoy SKM.

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
7.0K views16:52
Ochish/sharhlash
2023-04-19 17:44:57
Ramazon Hayitining ilk kunida biz siz uchun 06:00dan ishlashni boshlaymiz!

Do‘stlar, supermarketimizning doimo aziz mehmonlari, muqaddas Ramazon Hayit ayyomi arafasida ajoyib xushxabarni sizga ulashmoqchimiz! Sizga qulay bo‘lishi uchun biz Ramazon Hayiti bayramining ilk kunida bir necha supermarketlarimiz o‘z ishini 06:00dan boshlashini ma'lum qilamiz. Biz fayzli bayram dasturxoningizga ko‘rk beradigan eng zarur va eng mazali noz-ne'matlarni tayyorlab qo‘ydik!

06:00dan ishlaydigan supermarketlarimizning to‘liq ro‘yxati bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bizning besh supermarketimiz kun-u tun ishlaydi. Bular – Bunyodkor, Ko‘hinur, Turkmenskiy, Markaz-6 va Shahriston supermarketlarimizdir.

Biz bilan ekanligingiz uchun rahmat

#HayitMuborak

App | Telegram | Facebook | Insta | Web
2.9K views14:44
Ochish/sharhlash