Get Mystery Box with random crypto!

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida 'Ko | Korrupsiyasiz_TKTI

Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakultetida "Kompleans nazorat tizimini joriy etish va Korrupsiyaga qarshi kurashishni takomillashtirish" mavzusida tadbir oʻtkazildi.

"Kompleans nazorat tizimini joriy etish boʻlimi"
boshligʻi tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi А.А.Tursunov talaba-yoshlarni toʻgʻri yoʻldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, bu borada koʻpgina amaliy tadbirlar oʻtkazib kelinayotganligi haqida toʻxtalib, hozirda korrupsiyaga qarshi kurashish maʼlum bir shaxslar doirasida emas, keng jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda hal qilinishi darkor boʻlgan masala ekanligi oʻz isbotini topayotganligini haqida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir soʻngida oʻtkazilgan tadbir haqida, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda korrupsiya masalalari boʻyicha talaba-yoshlar oʻz fikr-mulohazalarini aytishdi hamda mutaxassislardan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.