Get Mystery Box with random crypto!

🌟TOPIK TEAM🌟online school

Telegram kanalining logotibi koreystili_topik_team — 🌟TOPIK TEAM🌟online school T
Telegram kanalining logotibi koreystili_topik_team — 🌟TOPIK TEAM🌟online school
Kanal manzili: @koreystili_topik_team
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 729
Kanalning ta’rifi

Biz bilan birga Koreys tilini o'rganish yanada oson. Agar online darslar orqali Koreys tilini o'rganmoqchi bo'lsangiz albatta murojaat qiling.
👨‍💻Admin: @Topik_Team_admin_bot
🕹Foydali Bot: @Topik_Team_online_school_bot
🎉우리 태어난 날🎉
<2020년 01월 21일>

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-02-04 22:29:18 Assalomu alaykum~

Kanalga 9-fevraldan boshlab Topik testlar yechish strategiyasi joylanadi. Ungacha o'ziz uchun kerakli bo'limni tanlang.

Biz bilan bo'lganingizdan xursandmiz...
1.3K viewsedited  19:29
Ochish/sharhlash
2021-02-03 23:10:55
"Topik Team" kanalidan yangilik.

Endilikda Topik testlarini oson usul bilan yechish strategiyalarini tekinga o'rgana olasiz

Qanday qilib deysizmi

Kanalga qo'yiladigan test strategiyani o'qib chiqishingiz kifoya. Topik strategiyalari ovozli habar shaklida ham tashlab boriladi.

Eng muhimi hech qanaqa to'lovlarsiz, Topik testlarni oson yechish usulini o'rgana olasiz shu bilan bir qatorda Topik haqidagi ma'lumotlarga ham ega bo'la olasiz.

"qaysi bo'limdan boshlaganimiz siz uchun foydaliroq" shu savol ostida joylanadigan so'rovnomaga faol ishtirok eting
,

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.2K viewsedited  20:10
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:34:36
#foydali

Foydali bot kanallardan topishga qiynalyotgan barcha kerakli qo'llanmalarni bot orqali osongina topa olasiz.

Kino va Seriallarning eng mashxurlari botga joylangan va har xafta botga yangi kino va seriallar qo'shilib boriladi.

Topik imtihoniga tushgan testlar va 모의고사larni barchasini topa olasiz.

Hozirgi kundagi eng mashxur va foydali kitoblar ham bor albatta.

Botga kirish uchun bosing.

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.3K viewsedited  17:34
Ochish/sharhlash
2021-01-31 11:32:26 #foydali

Til o’rganishning 10 ta qoidaga asoslangan oson usullari

QIZIQARLI
Bugungi kunda mashhur ruhshunoslar xorijiy tillarni o’rganish inson dunyoqarashini qisman bo’lsa-da o’zgartirish xususiyatiga ega degan fikrni ilgari surmoqdalar. Xorijiy tillarni o’rganish asnosida o’sha xalqning turmush tarzi, mentaliteti, dunyoqarashi bilan yaqindan tanishib borish imkoniyati paydo bo’ladi.
Bugungi kunda til o’rganuvchilarning asosiy qismini 17-35 yosh oralig’idagilar tashkil etadi. Chet tilini nafaqat o’qituvchi ko’magida, balki mustaqil ravishda ham o’rganish mumkin. Buning uchun esa ozgina qunt, mustahkam iroda va qat’iy tartibga asoslangan kun rejasi bo’lishi yetarli.


Dunyodagi ilk sinxron tarjimonlardan biri bo’lmish Kato Lomb asl mutaxassisligi kimyo fani bo’lishiga qaramay, 8 tildan qiyinchiliksiz tarjima qilgan, 16 tilda erkin muloqot qilishni uddalagan. Uning “Men tilni qanday o’rganaman?” nomli bestseller asarida xorijiy til o’rganishning oddiy va oson usullari 10 ta qoidaga asosan keltirib o’tilgan.


1. Til o’rganish bilan imkon qadar har kuni shug’illaning.
Bu huddi sport mashg’ulotlaridek, ma’lum bir tizimga asoslangan mashq qilish muddatlaridan iborat bo’lishi lozim. Hech bo’lmaganda kun davomida 10-15 daqiqani yangi so’zlar o’rganish va qaytarish uchun sarflash kerak.


2. O’qishni rejalashtirib oling.
Agar til o’rganishga ishtiyoq vaqt o’tgani sari susayib borsa, shaxsiy o’quv rejangizni tuzib chiqing. Masalan, bir oz dars qilib so’ngra ko’chada sayr qiling yoki bo’lmasa musiqa tinglang.


3. So’z birikmalaridan foydalaning.
Alohida so’zlarni emas, ularning bir-biriga qo’shilgan variantini, kontekst shaklida yodlashga harakat qiling.


4. Yon daftarcha tuting.
Yon daftarchaga qo’shimcha so’zlar va tayyor gaplarni yozib boring.


5. Xotira bilan ishlang.
Hayolan barcha ko’ringan narsalar – reklama, qo’shiq so’zlari, dialoglar, gazetadagi maqolalarni tarjima qilishga harakat qiling.


6. Yod oling.
Lug’atdan tekshirilgan so’zlarni yodda saqlang.


7. Iboralarni o’rganing.
Muomalada keng qo’llaniladigan so’zlar, idioma, ibora va hikmatli so’zlarni o’rganib boring.


8.Nazariya bilan cheklanib qolmang.
Buning uchun kino tomosha qiling, turli adabiyot va gazetalar bilan qiziqing, o’rganayotgan tilingizda so’zlashuvchi insonlar bilan muloqot qiling. Kato ham rus tilini Gogolning “O’lik qalblar” asari va lug’atlar orqali boshlagan ekan.


9. Xatolarni to’g’irlang.
Xatolardan cho’chimang, hech qachon va hech nimani nazoratsiz qoldirmang.


10. O’zingizga ishoning.
Xech nimaga qaramay o’rganishda davom eting!

Yuqoridagi maslahat va amallarga rioya qilgan holda til o‘rganishni boshlasangiz, albatta, ko‘zlagan maqsadingizga уetishasiz.

Manba: odam.uz

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.5K viewsedited  08:32
Ochish/sharhlash
2021-01-27 10:35:35 #쏙쏙_50
#21

"쏙쏙 중급" Topikdagi testlarga asoslanib tuzilganligi sababli Topik imtihonga tayorlanyatganlar uchun eng kerkali so'zlardir.


1.통계 - Statistika
2.통신 - aloqa
3.통증 - Og’riq
4.편식 - Yengil ovqat
5.평생 - Bir umr
6.평소 - odatda
7.평화 - Tinchlik
8.폭설 - Ko’p qor yog’ishi
9.폭식 - Ziyofat
10.폭우 - Jala
11.표정 - Yuz ifodasi
12.품절 - Sotilib ketgan
13.피로 - Charchash
14.피해 - Zarar
15.필수 - Keraklik
16.핑계 - Bahona
17.하품 - Esnash
18.학력 - Bilim darajasi/ma’lumoti
19.학문 - Bilim
20.학비 - O’qish puli
21.학습 - O’qish
22.학자 - Olim
23.학점 - O’qish bahosi
24.한국학 - Koreyashunoslik
25.한눈 - Bir ko’rishda/bir qarashda
26.한숨 - Bir nafas
27.한옥 - Hanok(koreya milliy uyi)
28.한정식 - Koreya milliy ovqati
29.한지 - Koreya milliy qog’ozi
30.할부 - Kredit

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.6K views07:35
Ochish/sharhlash
2021-01-26 13:07:53
#kayfiyat

Kayfiyatni ko'tarib olamiz. Koreyslar baribir O'zbek tilida ajoyib gapirishadida. Koreyadagi tanishlaringizga yuboring ular bu maqollarni yanada yaxshiroq tushunishadi.

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.8K views10:07
Ochish/sharhlash
2021-01-24 22:27:46
#bot

Koreys tilidagi qo'llanma, kino va boshqa kerakli ma'lumotlarni kannallardan topishga qiynalyabsizmi?

Unda botga kirib Koreys tiliga oid kerakli barcha ma'lumotlarni toping.

Koreys tilidagi barcha kerakli va biz foydalaniladigan barcha qo'llanmalar botga kiritilgan. Eng muhimi botga kerakli ma'lumotlar har doim qo'shib boriladi. O'zizga kerakli ma'lumotga o'ziz xohlagan vaqtga bot orqali ega bo'ling.

LINK: @Topik_Team_online_school_bot

TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.3K views19:27
Ochish/sharhlash
2021-01-23 15:16:00
#사투리

Har bir hududning o'z shevasi bo'lgani kabi Koreyada ham har bir hududni o'ziga hos shevasi bordir. Biz o'rganyotgan Koreys tili esa Seul shevasi hisoblanadi. Videoni ko'rib Koreys tilidagi shevalarni qay darajada tushuna olishizni sinab ko'ring.


Videoni ko'rib Koreys tilini yaxshi biladigan do'stlaringizga ham yuboring.

Dave vloger bilan Koreys tilidagi qiziqarli videolar orqali o'z bilim darajangizni oshirib oling.

LINK



TOPIK TEAM ㅣ <-Bizning kanal
1.2K viewsKhosimjonov Ibrokhimjon, edited  12:16
Ochish/sharhlash
2021-01-23 14:34:12 Channel photo updated
11:34
Ochish/sharhlash