Hurmatli vatandoshlar! - Oʼzbekiston Respublikasining Koreya | Koreya xabarlari
Hurmatli vatandoshlar!
- Oʼzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu davlatda boʼlib turgan fuqarolarimizga Islom dinining asl mohiyati toʼgʼrisida maʼlumot berish va ularning diniy-maʼrifiy savodini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Musulmonlari idorasi masʼul vakili Shukurulloh domla Egamberdiev bilan ilmiy-maʼrifiy maʼruzalar tashkil qiladi.
Uchrashuvlar quyidagi manzillarda boʼlib oʼtadi:
•18 yanvar soat 19:00 da Xvason shahridagi “Imom al-Buxoriy” masjidida. •19 yanvar soat 19:00 da Chongju shahridagi Chongju Islom markazida. •20 yanvar soat 13:00 da Kimxe shahridagi “Imom al-Buxoriy” masjidida. •21 yanvar soat 13:00 da Kyonsan shahridagi “Al-Quba” masjidida. •22 yanvar soat 13:00 da Seul shahridagi “Seul markaziy masjidida” wayu_korea