Get Mystery Box with random crypto!

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxs us | Koreya yangiliklari расмий канал!✔

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, soxta pasport yasagan fuqaro S.N imtihonga kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, fuqaro S.N tegishli tartibda javobgarlikka tortildi.

Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz.

Imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilishga chaqiramiz!

Axborot kanallarimizni kuzatib boring


Telegram kanalimiz
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar
t.me/koreyadagi_vatandoshlar