Get Mystery Box with random crypto!

Shu kunlarda bozorda hamma narsa qimmat. 2022-yil may oyida is | Koreya_INFO

Shu kunlarda bozorda hamma narsa qimmat.
2022-yil may oyida iste'mol narxlarining o'sishi 5,4 foizga yetdi. Qiyoslash uchun 2021-yil may oyida 2,6 foiz va 2020-yil may oyida esa minus 0,2 foizni tashkil etgan edi.

Koreyada may oyida global taʼminotdagi uzilishlar va pandemiyadan keyingi vaziyatning normallashuvi fonida ichki talabning tez oʻsishi tufayli inflyatsiya yiliga 5,4% ga yetdi. Bu so‘nggi 13 yilda eng yuqori ko‘rsatkich bo'lib turibdi.

Holat, Rossiya va Ukraina o'rtasidagi davom etayotgan urush tufayli yanada kuchaygan.
Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari narxi ham sezilarli ko‘tarildi. Kartoshka 32,1 foizga, import qilingan mol go‘shti 27,9 foizga, uzum 27 foizga, karam 24 foizga, import qilingan cho‘chqa go‘shti 20,7 foizga, tovuq go‘shti 16 foizga oshdi.

Safimizga qo'shiling
t.me/+QSIWdc5aK6yvXBM9