Get Mystery Box with random crypto!

#초급 #문법 (장소) + 에 가다/오다 (Joy) + ga bormoq/kelmoq | Korean_grammar_time

#초급 #문법

(장소) + 에 가다/오다 (Joy) + ga bormoq/kelmoq


Qayergadir boradigan yoki keladigan tomon yoki joyni aytganda u joydan keyin qo’shimcha ‘-에’ qo’yiladi. O’zbekchada bu qo’shimcha ‘-ga’ bo’ladi. Nafaqat 가다, 오다, fe’llari balki 다니다, 도착하다 yoki 가다, 오다 bilan tugaydigan ba’zi qo’shma fe’llar, masalan 올라가다, 내려가다, 다녀오다 h.k. bo’lsa ham joydan keyin qo’shimcha - 에 qo’shiladi.

isol) 지금 회사에 가요.
Hozir kompaniyaga boryapman.

형은 일찍 집에 와요.
Akam erta uyimizga keladi.

저는 대학교에 다녀요.
Men universitetga boraman.

Kanalimizga doʻstlaringizni taklif qiling. Zero , ilm ulashishlik ham savobli amallardan hisoblanadi.

@Korean_grammarr

Asosiy kanalimiz
@Koreystili_TOPIK_EPSTOPIK