Get Mystery Box with random crypto!

Koreyadagi nelegallar koronavirus testini bepul va shaxsi yash | Koreadagi_UzbeklarTV

Koreyadagi nelegallar koronavirus testini bepul va shaxsi yashirin holda topshirishlari mumkin.

Bu haqda 28 yanvar kuni Koreya Respublikasi Adliya vazirligi xabar berdi. Sinovni vaqtinchalik test markazlarida faqat uyali telefon raqamini ko'rsatish orqali olish mumkin.
Vazirlik barcha xorijiy fuqarolar koronavirus testini topshirishdan oldin viza tekshiruvidan o'tkazilmasligini va ularning shaxsiy ma'lumotlari immigratsiya idoralariga testlardan oldin va keyin berilmasligini aytib, noqonuniy muhojirlarga qarshi profilaktika choralari(Reydlar) ham vaqtincha to'xtatilishini aytdi.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda 400 mingga yaqin noqonuniy muhojir yashaydi.@Koreadagi_uzbeklarTV
T.me/Koreadagi_uzbeklarTV
Https://www.youtube.com/AliAsakaTV
Https://www.instagram.com/koreadagi_uzbeklar