Get Mystery Box with random crypto!

USTOZGA KO'TARILGAN QO'L (Bo'lgan voqea) Namanganning Kosons | Konferensiya va jurnallar.

USTOZGA KO'TARILGAN QO'L

(Bo'lgan voqea)

Namanganning Kosonsoyida bir sinfdagi o'quvchilar bir to'da guruh bo'lib, o'qituvchisini kaltaklagani tushirilgan video tarqaldi.
...2012 yil soliq kollejida direktor edim. Katta kurs kursantlarni yakshanba kuni YAngiyo'l tumaniga kunlik paxta terimiga hasharga olib bordik. Dalani aylanib yursam, bolalarni to'dalashib yugurganiga ko'zim tushdi. O'sha yerga men ham chopib bordim. Borib qarasam, ikkita 3-kurs kursant 70 yoshga kirgan general unvonidagi domlani uribdi, yana uni kamiga tepishgan. Domlani labi yorilgan. Bolalar yugurib borib, ularni ajratibdi. Darhol o'sha yerdagi navbatchi milisiyaga bayonnoma va bildirgi yozdirib, ishni sudga oshirdim.
Ertasiga bolalarning otalari kelishdi. Xudoni zorini qilishdi, sudlanmasin, shuncha o'qigani bir pul bo'ladi, deb yalinishdi. Bolalar ham yig'lab, kechirim so'rashdi. Sababi, uchastka milisiya noziri, agar direktor arizasini qaytib olsa, ish sudga oshmaydi, kelishinglar, - debdi. Men:
- Agar ikkita bola o'zaro mushtlashsa mayli edi, yarashtirardik, bular ustoziga qo'l ko'tardi. Domlalarni orasida ham so'kadigani, uradigani bor, agar o'shalar bo'lgandayam mayli edi. So'rang-chi, shu domla birorta bolani so'kish tugul, san deb gapirgan ekanmi? - dedim. Domla haqiqatan hokisor, kamtar va xushxulq inson edi. SHundayam general ustoz mening oldimga kirib: - Kechira qolaylik, - deydi.
Ko'zini ko'kargani ketmagan, labini shishgani ham. "Yo'q!", - deb turib oldim. Sudda aybdorlardan jarima undirish haqida hukm chiqarildi. General domla keyin nafaqaga ketib qoldilar.
Oradan 6 yil o'tib, ishxonamda o'tirsam, yordamchim sobiq bitiruvchilardan biri kirmoqchi ekanligini aytdi. Men bilan Oliy majlis deputati va yana bir senator o'tiruvdi. Konstitusiya kuniga bag'ishlangan tadbir haqida maslahatlashayotgan edik. Tadbirdan keyin kirsin deb, tadbirga chiqib ketdim.
Bo'shaganimdan so'ng, uni chaqirtirdim. SHunda o'rinbosarim Mavlon aka:
- U ketdi. O'qishni tamomlab, Rossiyaga borib ishlabdi. YOg'och tilish syexida. SHunda 4 ta barmog'ini stanok yamlab ketibdi. Bir qo'lida 4 ta barmog'i yo'q, nogiron bo'lib qolibdi. Kecha 3-guruh nogironligini 2-guruhga o'tkazish uchun hujjat topshiribdi. O'shanda dalada: "Domlani urgan qo'llaring sinib, nogiron bo'lib qolgin", - deb qarg'agan ekansiz. O'shanda qilgan qilmishidan pushaymon. Domladan kechirim so'rashdan avval sizdanam so'ray, deb kelgan ekan. Ketib qoldi, boshqa kuni kelarkan, - dedi.
Badanimdan muzday ter chiqdi...
Alloh uchun uni kechirdim, dedim.
Xech qachon ustozni og'rintirib bo'lmaydi...

Baxriddin ASROR

@uzteachers