Get Mystery Box with random crypto!

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog K
Kanaldagi mavzular:
News
Microsoft
Telegram kanalining logotibi kompyuter_bilimlari — Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
Kanaldagi mavzular:
News
Microsoft
Kanal manzili: @kompyuter_bilimlari
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 18.76K
Kanalning ta’rifi

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!
Mundarija: @kompyuterbilimlariuz
Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok
Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596
Asoschi: @idevup

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-15 10:55:06
Kompyuter qarshisida qanday to'g'ri o'tirish

Birinchi raqamli Windows Blog | #bilib_oling / #foydali
4.1K views07:55
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:08:01
Surface Laptop 6’ning texnik xususiyatlari internetga tarqaldi

Microsoft Surface Laptop’ning yangi avlodi ustida ishlamoqda, u shu yilning kuzida chiqarilishi kutilmoqda.

Root Surface Laptop 6 uchun juda real ko'rinishga ega bo'lgan batafsil spetsifikatsiyalarni e'lon qildi. Avvalgidek, qurilma 13,5 dyuymli va 15 dyuymli versiyalarda sotuvga chiqariladi, ekran o‘lchamlari esa mos ravishda 2256×1504 va 2496×1664 bo‘ladi. Aksariyat modellar Gorilla Glass 5 himoya oynasidan foydalanadi va faqat Alcantara bilan 13,5 dyuymli versiyada Gorilla Glass 3 bo'ladi.

Surface Laptop 6 13,5” Intel Core i5-1335U va Core i7-1355U protsessoriga ega bo‘ladi, Surface Laptop 6 15” esa faqat Core i7-1355U chipiga ega bo‘ladi. Ikkala protsessor ham 10 ta yadroga ega.

Birorkun Surface ogani boreelik...

Birinchi raqamli Windows Blog | #microsoft / #news
4.2K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-05-14 18:19:50
Men: Qanday qilib Java-ni bir kunda o'rganish mumkin?

Google-ning javobi: Ruhiy kasalliklar shifoxonasi sizning manzilingizni bilmoqchi.



Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
3.8K views15:19
Ochish/sharhlash
2023-05-14 15:12:35
ZARINLIGHT sizga yangi, sifatli va hamyonbop narxda, eng muhimi kafolatli mahsulotlarni taqdim etadi!

Noutbuklar uchun:
• Batareyalar
• Klaviaturalar
• Korpuslar
• Shleyf
• Ekranlar
• Asosiy platalar
• Barchat turdagi SSD disklar
Kompyuter
*Dasturlash, Dizaynerlar, o‘yin, ofis uchun kompyuterlar.
• Sifatli va hamyonbop kompyuterlar
• Monobloklar
• Monitorlar
• Videokartalar
• Sichqonchalar
• Asosiy platalar
• Quvvatlovchilar
• Shleyflar
• Kulerlar
• Korpuslar
• Routerlar
• HDD, SSD va boshqa turdagi mahsulotlarni ZARINLIGHT'dan topasiz!


Saytimiz: www.zarin.uz
Telegram kanalimiz: t.me/zarinlightok


ZARINLIGHT
Kompyuter Bilimlari kanali rasmiy homiysi!
3.4K views12:12
Ochish/sharhlash
2023-05-14 09:45:25
Fayllarni viruslarga onlayn tekshirish

Virus Total (virustotal.com) kompyuteringizdagi antivirus o'tkazib yuborgan bo'lishi mumkin bo'lgan viruslarni tekshirish yoki har qanday soxta natijalarni tekshirish uchun ko'plab antiviruslar va onlayn skanerlash vositalari birlashtirilgan saytdir.

650 Mb gacha bo'lgan fayllarni veb-saytga yuklash yoki elektron pochta orqali yuborish mumkin (maksimal 32 MB). Shuningdek, siz shubhali URL manzillarini skanerlashingiz ham mumkin.

Agar sizda ishonchsiz manbalardan olingan yoki virusga o'xshagan fayllar bo'lsa, yoki shubhali URL linklari bo'lsa ularni ishga tushirishdan oldin, albatta, virustotal.com saytida ularni tekshirib oling.

Chunki kompyuteringizga o'rnatilgan istalgan antivirusni chetlab o'tadigan virusni yasash uchun xakerlardan bir necha daqiqa talab qiladi xolos.

Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #virus
3.6K views06:45
Ochish/sharhlash
2023-05-14 05:42:01
Umumiy tezkor tugmalar

Quyidagi kombinatsiyalar ishinggizni qisman bo'lsaham tezlashtiradi,saqlab qo'ying!

Ctrl+A
Joriy jild, hujjat yoki sahifadagi barcha elementni blokka oladi.

Ctrl+C / Ctrl+Insert
Tanlangan matn, rasm yoki elementni bufferga nusxalaydi.

Ctrl+X
Tanlangan matn, rasm yoki elementni kesib, bufferga nusxalaydi.

Ctrl+B
Bufferdagi elementni joriy dastur yoki oynaga tushiradi.

Ctrl+F
Qidiruv oynasini ochadi. Microsoft Outlook'da esa xabarni boshqa birovga yo‘naltiradi.

Ctrl+S
Ochiq hujjat, fayl yoki veb-sahifani saqlaydi.

Ctrl+P
Joriy hujjat yoki sahifani chop etadi.

Ctrl+N
Yangi oyna ochadi.

Ctrl+W
Joriy oynani yopadi.

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

Birinchi raqamli Windows Blog | #hotkeys / #foydali
3.1K views02:42
Ochish/sharhlash
2023-05-13 20:21:14
Microsoft kompaniyasi yaqin orada barcha Windows 10 foydalanuvchilarini majburan 11-versiyaga yangilaydi (internetga ulangan kompyuter bo'lsa, albatta)

13-iyunda Windows 10 21H2'ni qo'llab-quvvatlash to'xtatilishi ham ma'lum qilindi. @HashtagUz

Sizning kompyuteringizdagi operatsion tizim qanaqa?

Birinchi raqamli Windows Blog | #windows10 / #microsoft
4.0K views17:21
Ochish/sharhlash
2023-05-13 09:26:59
Rasmlarni matnga o'zgartirish

text-image.com sayti sizga rasmlaringizni matn ko'rinishiga keltirishga yordam beradi.

Saytga kiring, convert bo'limiga o'ting, o'zingizga yoqqan formatni (HTML, ASCII, Matrix) tanlang, rasmingizni yuklang, sozlamalarni to'g'rilang va "Convert!" tugmasini bosing.

Natijani -skrinshot- qilib olishingiz yoki kodidan nusxa olib ishlatishingiz mumkin.

Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
1.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:37:01
Microsoft Defender bilan kompyuterni virusga tekshirish

Avval aytganimizdek, Microsoft Defender Windows operatsion tizimi bilan birga o'rnatilgan ichki himoya dasturidir.

Microsoft Defender-ga 1- va 2-rasmdagidek Settings > Update & Security > Windows Security va Open Windows Security tugmasini bosish orqali dasturga kiriladi (yoki pastki o'ng burchakdan Windows ikonkasini bosib kirishingiz mumkin).

Agar sizda 3-rasmdagi kabi barcha belgilar yashil bo'lsa, demak, havotirga o'rin yo'q, kompyuteringiz Microsoft Defender tomonidan qo'riqlanmoqda.

Aks holda, biron-bir bo'limda qizil belgisi bo'lsa, demak, o'sha qism ishlamayapti (4-rasm). Ishlatish uchun Turn on tugmasini bosish kifoya.

Agar kompyuteringizni virus uchun tekshirmoqchi bo'lsangiz, Virus & threat protection bo'limiga o'ting va Quick scan tugmasini bosing. Qisqa vaqt ichida kompyuteringiz tekshiriladi va natijalar ko'rsatiladi.

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #virus
2.1K views02:37
Ochish/sharhlash
2023-05-12 17:47:30 Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

 Kompyuter yoki internetimizga bog'liq ma'lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o'rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma'lumotlarni olishingiz mumkin:

• whatsmydns.net - domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma'lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

• whatsmygps.com - Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

• whatsmygpu.com - Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

• whatismybrowser.com - Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

• iplocation.net/find-ip-address - Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko'rsatadi.

• fast.com - Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko'mak beradi. KA Rasmiy

P.s: Bergan ma'lumotimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!

Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #sayt
2.3K views14:47
Ochish/sharhlash