Get Mystery Box with random crypto!

KOMPYUTER AKADEMIYASI

Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI K
Telegram kanalining logotibi kompyuter_akademiyasi — KOMPYUTER AKADEMIYASI
Kanal manzili: @kompyuter_akademiyasi
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 35.61K
Kanalning ta’rifi

✅ Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!
❓Savollar: @k_a_chat
💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63
💲Reklama: t.me/techno_ads/16
😎 Asoschi: @wmteam95

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2023-07-12 15:36:02 Smartfoningizni kompyuter orqali zaryadlash mumkinmi va xavfsizmi?
#tavsiya / #kompyuter

Bu savolga Ha deb javob berish mumkin, lekin bu borada bilib olishingiz kerak bo'lgan ba'zi jihatlar bor.

USB port smartfonlar yaratilishidan oldin kompyuterlarda paydo bo'lgan va u tashqi qurilmalar(fleshka, printer, skaner) ishlashi uchun minimal quvvat bera oladi.

Kompyuter oldi qismidagi USB port platadan sim orqali keladi va bu qurilmaga tok berishda tokni susayishiga olib keladi, kompyuter simlari zaryadlash uchun mo’ljallanmagan.

USB 2.0 port 500 mAs, USB 3.0 esa 900 mAs tok kuchi bera oladi.

Kompyuter USB porti zaryadlashdan tashqari ma'lumot tashish hususiyatiga ham ega.

Yuqorida yozib o'tilgan jihatlar smartfonga qanday ta'sir qilinishini keltiraman:

USB port maksimal 900 mAs'gacha(agar USB 3.0 bo'lsa) tok bera oladi, bundan kelib chiqadiki quvvat berish qobiliyati kam. Demak smartfonni zaryadlash ancha sekin amalga oshiriladi. Smartfonlarni o'zining zaryad qurilmasi 1.5, 2 Ampergacha tok kuchi beradi, shu sababli ularda zaryadlash tezroq amalga oshiriladi, agar smartfoningizni zaryadlash lozim bo'lsa, faqat USB 3.0 portidan foydalaning.

Agar siz USB 2.0 portga ulab, qandaydir o'yin o'ynasangiz zaryad olish o'rniga zaryadingiz ketayotganini ko'rasiz.

Iloji boricha, kompyuteringizni orqa qismidagi(plataning o'zini) USB portiga ulang, chunki bu port to'g'ridan-to'g'ri tokka ulangan.

Smartfoningizni kompyuterga ulaganda faqat zaryadlash funksiyasini yoqing, fayllar almashishni o'chirib qo'ying, kompyuterdan virus o'tish xavfi bor.

Yana bir narsa, sekin zaryad olish smartfon batareyasini sekin astalik bilan zaryad yig’ish qobiliyatini susaytiradi.

Xulosa shuki, agar tanlov bo’lsa, smartfoningizni albatta rozetkadagi tokdan zaryad oldiring, USB orqali esa faqat chora qolmaganda, zaruriyat yuzasidan zaryadlang, zaryadlashda smartfonning zavoddan chiqarilgan zaryad qilish qurilmasidan foydalaning. Youtube’da zaryadlash paytida portalab ketgan holatlar aks etgan videolar bor, bunda ham smartfon ham kompyuteringizdan ajralib qolmang.

ITPlanet

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
4.7K viewsValijon Maxmudov, 12:36
Ochish/sharhlash
2023-07-12 06:11:54 Vaqtimiz baribir o’tib ketadi
#motivatsiya

“Shifokor bo’lishga yetti yil umrim ketadi ona” - qarshilik bildirdim, 15 yoshlik men.

“Yetti yil umring baribir o’tib ketadi. Shifokor bo’lganing qoladi,” dedilar onam.

Hozir o’ylab qarasam - oddiy, lekin chuqur gap ekan.

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi.

Uchta bola ishdan keyingi 2 soatni qanday o’tkazishni tanlashadi.

Birinchisi - ishladim, charchadim, o’yin o’ynab serial ko’rib dam olaman deydi.

Ikkinchisi - nima bo’layotganini bilib turishim kerak deydi. Yangilik saytlari, youtube, twitter, ekspert bo’lib ko’ringan blogerlarni kuzatishni tanlaydi.

Uchinchisi - Ingliz tili o’rganishga vaqt ajratadi.

2 yil o’tadi.

Birinchi bola - kibersportchi bo’lmadi. Chempionatlarga chiqmadi. Seriallari ishxonada ikkita odam bilan oson gaplashishdan boshqa foyda keltirmadi.

Ikkinchi bola - siyosat yoki atrof muhitni yaxshiroq tushunib qolmadi. Propaganda bilan boqildi. Aslida nima bo’layotganini baribir tushunmay yuraverdi.

Uchinchi bola - ingliz tilida kitob o’qishni boshladi. Dunyoqarashi kengaydi.

Vaqt kimgadur zararga ishladi. Boshqasiga foydaga.

Vaqt baribir o’tib ketadi. O’rganganingiz qoladi.

Daqiqalaringiz qayerga ketayotganiga e’tiborli bo’ling.

Vaqtga kelganda kichkina qarorlar bo’lmaydi.

Chunki

Vaqt kichik ishlarni katta ishlarga aylantiradi. @azizrakhimov_blog

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I Instagram I TikTok I YouTube
7.5K viewsValijon Maxmudov, 03:11
Ochish/sharhlash
2023-07-06 19:36:02Defragmentatsiya nima? U nega kerak?
#info / #kompyuter

Defragmentatsiya – bir faylning bir nechta fragmentlari (qismlari) ni kompyuterning doimiy (qattiq) xotirasi tez o’qishi uchun bitta katta faylga birlashtirish jarayoni.

Doimiy xotiraga (HDD) ga fayllar yozilish davomida fayllar bir nechta qismlarga bo’linib, alohida joylashishi mumkin. Buning sababi esa diskdagi bo’sh joylar teng taqsimlanmagan. Tizim faylni qattiq diskni bo’sh sektorlariga yozaveradi. Va agar yozish jarayonida huddi shunday fayl kuzatilsa, fayl bo’linadi va bo’sh sektrolar (band sektordan keyingi) ga yozishni davom etadi. Buning natijasida fayl bir qancha qismlarga bo’linadi, bu qismlarni qattiq disk o’qishi uchun vaqt va energiya kerak bo’ladi.

Agar fayl fragmentlari yonma-yon joylashgan bo’lsa muammo yo’q, lekin bu qismlar qattiq diskni turli joylarida joylashgan bo’lsa bu katta vaqt va energiya talab qiladi. Shu sababli ham tizimning ishlash tezligi tushib ketadi.

Diskni defragmentatsiya qilish — bu shunday jarayonki bunda tarqoq fayllar bir-biriga yonma-yon tarzda yozib chiqiladi va bir fayl umumiy bir joyni egallaydi. Buning natijasida qattiq disk kerakli faylni o’qishi uchun minimum vaqt va energiya kerak bo’ladi. Shu sababli kompyuterning ishlash tezligi oshadi.

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube
1.7K viewsValijon Maxmudov, 16:36
Ochish/sharhlash
2023-07-06 18:31:29
ЭНГ АРЗОН НОУТБУКЛАР

Оптом нархда (доналаб хам сотилади)

Gaming (TUF, NITRO, ROG, VICTUS, LEGION)
Офисный
Графика ва дизайн "SMM"
Дастурлаш "IT" сохасига
Intel, Core. AMD, Ryzen

Барча турдаги ноутбукларни, уйдан туриб буюртма беришингиз мумкин, телеграм, инстаграм ва бошқа каналларимиз орқали танлаш имкониятингиз мавжуд.

Ўзбекистон бўйлаб бепул доставка бор

Манзил Тошкент ш. «Техно олам минор» С106 дўкон

Миллион Дастурчи Лойихаси бўйича хам берилади

Анорбанк карталари орқали бўлиб тўлашга берилади (рибосиз)

Мурожаат учун личкага ёзинг.
@n_d_admin личка

Бизга қўнғироқ қилинг
+998-93-434-60-00 Бекзод

Каналга обуна бўлинг
@noutbuk_dunyosi_notebook_laptop
2.3K viewsValijon Maxmudov, 15:31
Ochish/sharhlash
2023-07-06 13:07:33 Компьютерные видеокурсы kanali YouTube kanalimizdagi barcha videolarni yuqori sifatda (1080p) yuklab olib quyidagi arxivlarga jamlabdi. Kompyuterni 0 dan o'rganaman deganlar ushbu fayllarni yuklab olib, shu kunga qadar berilgan bilimlarni o'zlashtirishlari…
3.4K viewsValijon Maxmudov, 10:07
Ochish/sharhlash
2023-07-06 07:14:51 KA & КВ
4.4K viewsValijon Maxmudov, 04:14
Ochish/sharhlash
2023-07-06 07:14:51 KA & КВ
4.4K viewsValijon Maxmudov, 04:14
Ochish/sharhlash
2023-07-06 07:14:51 Компьютерные видеокурсы kanali YouTube kanalimizdagi barcha videolarni yuqori sifatda (1080p) yuklab olib quyidagi arxivlarga jamlabdi.

Kompyuterni 0 dan o'rganaman deganlar ushbu fayllarni yuklab olib, shu kunga qadar berilgan bilimlarni o'zlashtirishlari mumkin.

Arxivlarni to'liq yuklab olib, arxivdan chiqarish (WinRAR yordamida, WinRAR'ni versiyasi 5.91 dan kichik bo'lsa arxivdan chiqarishda muammo bo'lishi mumkin) kerakligini unutmang!

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram / YouTube / Xarita
4.4K viewsValijon Maxmudov, 04:14
Ochish/sharhlash
2023-07-04 17:54:02
Seni aytyapti
#fun

Aniq seni aytishyapti

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Xarita
5.4K viewsValijon Maxmudov, 14:54
Ochish/sharhlash
2023-07-03 16:40:16
Windows logotipi tarixi
#fun

Endi siz logotipni yaratilish tarixini bilib oldingiz. @the_windows

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Xarita
5.6K viewsValijon Maxmudov, 13:40
Ochish/sharhlash