Get Mystery Box with random crypto!

​Hard skills va soft skills #info Katta muvaffaqiyatga eris | KOMPYUTER AKADEMIYASI

Hard skills va soft skills
#info

Katta muvaffaqiyatga erishish uchun "hard skills"ga ham, "soft skills"ga ham ega bo‘lish kerak. Odamlarning nutqida tez-tez yangrab turgan bu so‘zlar nima degani o‘zi?

Qattiq ko‘nikmalar (hard skills) — kasbiy, texnik ko‘nikmalar. Har bir kasb egasi muayyan ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Ularni namoyish qilish, tekshirish va baholash oson. Tarjimon uchun tillarni bilish, haydovchi uchun mashinani boshqara olish, sartarosh uchun soch va soqolni ola bilish qattiq ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson qaysi jamoa yoki kompaniyada ishlamasin, bu ko‘nikmalar o‘zgarmay qolaveradi.

Yumshoq ko‘nikmalar (Soft skills) — qo‘shimcha, universal ijtimoiy-psixologik ko‘nikmalar. Ular kasbga bog‘liq bo‘lmaydi, lekin insonning hayotdagi muvaffaqiyatiga taʼsir ko‘rsatadi. Odamlar bilan muomala qilish madaniyati, nizolarni hal qilish qobiliyati, odamlarni ishontirish mahorati, moslashuvchanlik, masʼuliyatlilik, puxtalik, har ishni o‘z vaqtida bajarish, tanqidiy fikrlash, kreativlik kabi xususiyatlar "yumshoq ko‘nikmalar"ga misol bo‘ladi. Bunday ko‘nikmalar nafaqat ishda, balki hayotning barcha jabhalarida kerak bo‘ladi.

Qattiq ko‘nikmalarni faqatgina aniq belgilangan ko‘rsatmalar yordamiga egallash mumkin bo‘lsa, yumshoq ko‘nikmalar odamda yo tug‘ma bo‘ladi, yo hayotiy tajriba bilan rivojlanib boradi. @xatoliklar

Kompyuterni birga o'rganamiz
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita