Get Mystery Box with random crypto!

'Foreign Languages' telekanalidagi interyuyim 15 daqiqadan ziy | komiljonlife

"Foreign Languages" telekanalidagi interyuyim 15 daqiqadan ziyodroq davom etgan. Suhbat toʻliq turk tilida olib borilgan. 15 daqiqa ichida bilmadim nechta soʻz, nechta gap aytganman. Intervyu boshida bitta soʻzni (!) xato qoʻllagan ekanman. Oʻzim ham takroriy efirda koʻrib bildim. Aynan oʻsha bitta soʻzni xato aytganim tillarda dostonmish, nechta soʻzni toʻgʻri aytganim emas.

Yaʼni odamlarga sening muvaffaqiyatingdan koʻra muvaffaqiyatsizliging, xatolaring qiziqroq. Shuning uchun muhim qarorlar oldidan hech kimdan (oilangdan tashqari) maslahat soʻrama. Hech kim senga oʻzidan oʻtkazib maslahat bermaydi. Hech kimga kerak emas sening gʻalabang.