Get Mystery Box with random crypto!

- Nyu-Yorkdagi 'Masih Toji' deb nomlangan mahalliy maydonda as | Komiks Fakt


- Nyu-Yorkdagi "Masih Toji" deb nomlangan mahalliy maydonda asrlar davomida sodir bo'lgan qotillik iblis Mefistoning e'tiborini tortdi. U bu yerda to'plangan yovuzlik energiyasidan "o'g'li" Qora Yurakni yaratishda foydalandi. Qora Yurak otasining vasiyligi ostida yovuzlik tabiatini o'rganib chiqdi, Deredevil va O'rgimchak-Odam bilan to'qnashdi va ularni yenga olmadi.

- Mefisto kamtarlikni o'rganishi uchun Qora Yurakni kuchlari kamaygan holda Yerga yubordi. (Kimnidir eslatdi, kommentda yozing).
- Qora Yurak Masih Tojiga qaytib keldi va otasini qulatish va o'z do'zax shohligiga ega bo'lish uchun jamoa yig'di. Bu urinishda Arvoh Chavandoz (Ghost Rider), Jazolovchi (Punisher), va Rossamaxani o'ziga jalb etdi. Hatto, G'aroyib Odamni (Wonder Man) ham Mefisto bilan jangga chorladi. Lekin, urinish muvaffaqiyatsiz yakun topdi.

- Mefisto uni bu qo'zg'olon uchun do'zaxdan haydadi. Qora Yurak yerda kuchlarsiz qoldi. Endi U Yerni do'zaxga aylantirib, o'z shohligini barpo etmoqchi bo'ldi. U sherigi Garri Oyl bilan birlashdi. Bu ishni amalga oshirish uchun ularga o'z ixtiyori bilan topshirilgan yuzta inson ruhi kerak edi. Shuning uchun ular o'zlarini inson qiyofasida yashirib, Las-Vegasda "Iblis Uyi" nomli kazino ochishdi va undan qarzdor bo'lganlarni to'lov sifatida o'z jonlarini berishga majbur qildi.

- Otasining unga qarshi chiqishini kutgan Qora Yurak o'ziga Simbiotlar Armiyasini yaratdi. Buning uchun Toksinning (Venom va Karnajning o'g'li) bir bo'lagi va X-23ning (Rossamaxaning qizi) qonidan foydalandi.

- Qo'l ostidagi barcha ingredientlar bilan Qora Yurak va Garri Oyl marosimni boshlashdi va Arvoh Chavandozni (Aleksandrani) do'zax tsentrifugasini ishga tushirishda foydalandi. Portal ochildi va do'zax Las-Vegas bo'ylab tarqala boshladi. Ammo, Jonni Bleyz (Arvoh Poygachi) kengayishni to'xtatuvchi tumorni shahar bo'ylab qoldirdi. Qora Yurakga qarshi Arvoh Chavandoz, Venom, Qizil Xalk (General Ross) va X-23 birlashdi. Lekin Xellian qozonidan foydalangan Qora Yurak ularni do'zaxga ravona qildi. Do'zaxdan Mefisto ularni o'g'liga qarshi turishi uchun qayta tiriltirdi.
- Qayta tirilgan to'rtlik Qizil Xalk, Venom va Arvoh Chavandoz bir tanaga bog'lanib, Qora Yurakni mag'lub etdi.


Davomi bor...