Get Mystery Box with random crypto!

KOGON TUMANIDAGI 11-MAKTABDA “DIREKTORLAR BOGʻI” YARATILDI Bu | KOGON TUMAN EKOLOGIK PARTIYASI

KOGON TUMANIDAGI 11-MAKTABDA “DIREKTORLAR BOGʻI” YARATILDI

Bugun 26-noyabr kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Xalq ta’limi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza kilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda xududlarda "Dolzarb 40 kunlik"ning so‘nggi 10 kunligida tashkil etilgan Chellenjda Buxoro viloyati umumta’lim maktablari ham faol ishtirok etdi. Jumladan, Kogon tumanidagi 11-umumta’lim maktabida tuman maktablari direktorlari ishtirokida ana shu chellenj doirasida ko‘chat ekish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Mustafayeva ham ishtirok etdi. Tadbir davomida maktabda “Direktorlar bog‘i” yaratilib, unda 120 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.