Get Mystery Box with random crypto!

XALQARO TANLOVNING GʻOLIBI TAQDIRLANDI «BEST PUBLICATION” ilm | Қарақалпақ филологиясы ҳәм журналистика факультети

XALQARO TANLOVNING GʻOLIBI TAQDIRLANDI

«BEST PUBLICATION” ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligi (MDX) miqyosida tashkil etilgan “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovda vatanimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlayotgan, oʻqishda va ilmiy izlanishlari faoliyatida, ilm-fan sohasida yutuqlariga erishgan tashabbuskor talaba-yoshlar “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” esdalik koʻkrak nishoni hamda guvohnomasi bilan taqdirlandilar.

Taqdirlanganlar qatorida Berdaq nomidagi QQDU Jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Lobarxon Bazarbayeva mazkur tanlovda gʻolib boʻlib, koʻkrak nishon belgisi bilan tantanali ravishda taqdirlandi.


@www_karsu_uz