Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.97K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-01-29 06:15:34


Bugun 29-yanvar haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro yadro urushi tahdidiga qarshi safarbarlik kuni.
AQSh – Milliy chinnigullar kuni.
Filippin – Milliy politsiyaning yubiley kuni.
Moldova – Prokurorlar kuni.

#muhim_voqealar
1616 – Janubiy Amerikaning eng janubiy nuqtasi – Gorn burni kashf qilindi.
1710 – Pyotr I farmoni bilan Rus alifbosi joriy qilindi.
1804 – Xarkov universiteti tashkil topdi.
1819 – Stanford Ruffles Singapurga asos soldi.
1886 – Karl Benz ichki yonuv dvigatelida ishlaydigan ilk avtomobilni patentladi.
1896 – amerikalik fizik E.Grubbe dunyoda birinchi boʻlib saraton kasalligini davolashda radioaktiv nurlanishdan foydalangan.
1960 – Birinchi sun'iy buyrak yaratildi.
1992 – Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

#tavalludlar
1860 – Anton Pavlovich Chexov (1944) – mashhur rus yozuvchisi.
1866 – Romen Rollan (1944) – fransiyalik publisist,  Nobel mukofoti sohibi
1903 – Sultonov Jo‘raxon (1965) – xonanda, bastakor, O‘zbekiston xalq hofizi (1939).
1948 – Jalilov Ismoil –opera xonandasi (dramatik tenor), O’zbekiston xalq artisti (2000).
1982 – Rahmatullayev Ulug‘bek – umidli xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori (2007).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.9K views03:15
Ochish/sharhlash
2024-01-25 07:30:42


Bugun 25-yanvar haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Hindiston – Saylovchilar kuni.
AQSh – NASAning Xotira kuni.
Indoneziya – Oziq-ovqat va ovqatlanish kuni.
Tojikiston – Ijtimoiy ishchilar kuni.
Misr – Politsiya kuni.
Rossiya – Talabalar kuni.
Gonduras – Xotin-qizlar kuni.

#muhim_voqealar
1755 – Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
1878 – Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika kafedrasi ochildi.
1905 – JARda 3106 karat keladigan "Kullinan" olmosi topildi.
1992 – Oʻzbekiston Moʻgʻuliston va Daniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
2017 – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘grisida”gi qarori qabul qilindi.
2018 – O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlandi.

#tavalludlar
1627 – Robert Boyl (1691) – taniqli ingliz ximigi, fizik va faylasufi.
1736 – Jozef Lui Lagranj (1813) – matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan fransuz olimi.
1759 – Robert Byorns (1796) – taniqli shotland shoiri va folklorshunosi.
1783 – Uilyam Kolgeyt (1857) – amerikalik tadbirkor, Colgate kompaniyasi asoschisi.
1874 – Somerset Moyem (1965) – mashhur ingliz yozuvchisi va dramaturgi.
1882 – Virjiniya Vulf (1941) – Ingliz yozuvchisi.
1905 – Sharif Qayumov (1973) – rejissyor va aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
1928 – Abdunabiyev Abdulla – tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). 
1934 – Umarbekov O‘lmas (1994) – O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
1954 – Kay Koti – avstraliyalik dengiz sayyohi, dunyoni yakka tarzda aylanib chiqishni yakunlagan birinchi ayol.
1978 – Vladimir Zelenskiy – Ukrainalik siyosatchi, aktyor, qiziqchi va rejissor, Ukraina Prezidenti (2019-yildan).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
12.8K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-01-24 22:22:04
Kitoblar haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli ma’lumotlar

Dunyo bo‘yicha kitoblarning asosiy qismini 45 yoshdan oshganlar sotib olishadi;

Dunyodagi eng mashhur kitob o‘g‘risining ismi — Stiven Blumberg. U 270 ta kutubxonadan 23000 nodir kitoblarni o‘g‘irlagan. Uning kutubxonasining narxi 20 million dollardan oshadi.

Mashhurlikda Agata Kristining oldiga tushadigan detektiv yozuv­chi hali-beri topilmadi. Uning asarlari 50 dan ortiq tillarda hamon chop etilmoqda. Nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan ziyod.

Dunyoda eng katta lug‘at kitob “Nemis lug‘ati” (“Deutsches Worterbuch”) bo‘lib, u 33 jild va 34519 betdan iborat.

Dunyodagi eng og’ir kitob Britaniya muzeyida saqlanuvchi XVII asrga oid geografik atlasdir. Uning bo‘yi 1,9 metr, og‘irligi 320 kilogramm.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.2K views19:22
Ochish/sharhlash
2024-01-23 17:32:48
#xushxabar

Vazirlar Mahkamasining 36-sonli qarori imzolandi, unda “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovi haqida ham band bor!

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Ushbu qarorning imzolanishini yutuqlarimizning debochasi desak bo‘ladi. Sababi, ushbu qaror 2-ilovasining 6-bandida (“Mushoira klubi”ni rasman tashkil qilish); 10-bandida (“Til bilimdonlari” tanlovini har yili doimiy o‘tkazish) hamda 14-bandida (“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn kitobxonlik tanlovini doimiy tarzda har 3 oyda 1 marta o‘tkazish) bizning jamoamiz tomonidan tashkil etiladigan loyihalar joy egalladi. Bu degani endi bizda moliyaviy muammolar bo‘lmaydi va tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, respublikamizdagi barcha oliy va professional ta’lim muassasalaridagi ijodkor talaba-yoshlar uchun “Mushoira klubi” tashkil etiladi va ularning ijod namunalarini kitob va to‘plam ko‘rinishida nashr etishga imkoniyat yaratiladi.

Yil avvalidagi ushbu yutuq bizga yanada kuchli motivatsiya bo‘ladi va barcha uchun manfaatli loyihalarimiz yana ko‘payadi degan umiddamiz. Bularning barchasi, albatta, Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz orqali amalga oshadi.

Barchangizni ushbu yangilik bilan tabriklaymiz!

KitobxonyoshlarSahifamizga obuna bo‘ling
13.6K views14:32
Ochish/sharhlash
2024-01-22 07:59:28


Bugun 22-yanvar haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Community menejerlarini qadrlash kuni.
Popkorn tugilgan kun (popkorn kuni).
Polsha – Bobojoniar kuni.
Ukraina – Birlik kuni
Tojikiston – Bojxona xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1905 – Sankt-Peterburgda Qonli yakshanba (yangi taqvim bo'yicha).
1927 – Alisher Navoiy nomidagi Samargand Davlat Universiteti
tashkil etildi.
1973 – AQSh da abortlar legalizatsiya qilindi.
1991 – SSSR da pul islohoti o'tkazildi.
1992 – Filippin O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan oldi.
2014 – O'zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi nishonlandi.
2018 – O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlandi.

#tavalludlar
1561 – Frensis Bekon (1626) – ingliz faylasufi, tarixchi, siyosatchi va romantik shoir.
1572 – Jon Don (1631) –ingliz shoiri.
1788 – Jorj Gordon Bayron (1824) – buyuk ingliz shoiri .
1904 – Arkadiy Gaydar (1941) – Rus bolalar yozuvchisi, jurnalist.
1922 – Mallaev Natan (1996) – adabiyotshunos, tarjimon,
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1973).
1936 – Haydar Muhammad (2022) – O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a'zosi, shoir va dramaturg, "Do'stlik" ordeni sohibi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
13.8K viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2024-01-20 08:42:34


Bugun 20-yanvar haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Pingvinlardan xabardorlik kuni.
AQSh – Pishloqni xush ko‘ruvchilar kuni.
Kabo-Verde, Gvineya-Bisau – Qahramonlar kuni.
Mali – Qurolli kuchlar kuni.

#muhim_voqealar
1892 – AQSHda birinchi basketbol oʻyini bo‘lib o‘tdi.
1893 – Londondagi Qirollik institutida Jeyms Devar suyultirilgan gazlarni saqlash uchun idishni namoyish etdi.
1921 – Turkiyaning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
1944 – Britaniya HHK Berlinga 2300 tonna bomba tashladi.
1961 – Jon Kennedy AQSh Prezidenti etib saylandi.
1967 – Sergeli tumani tashkil etildi.
1996 – “Asakabank” – davlat-aksiyadorlik tijorat banki, faoliyatini boshladi.

#tavalludlar
1775 – Andre Mare Amper (1836) – fransuz fizigi, matematik va ixtirochi.
1902 – Nozim Hikmat (2019) – turk shoiri va yozuvchisi.
1922 – Turg’un Alimatov (2008) – sozanda (dutor, tanbur, sato). O’zbekiston xalq artisti (1992).
1939 – Bekturdi Jumaniyozov – usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000).
1952 – Shayx Alouddin Mansur (2020) – taniqli oʻzbek ulamolaridan, shayx va olim.
1952 – Xurshid Davron – Iste’dodli shoir va publisist, O‘zbekiston xalq shoiri (199).
1960 – Azizov Abdusalom – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi (2019-yil 11-fevraldan), Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti (2019-yil 15-iyuldan).
1969 – Nuriddin Ismoilov – taniqli oʻzbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
15.2K views05:42
Ochish/sharhlash
2024-01-19 19:07:01
Iste’dodsiz farzand bo‘lmaydi, e’tiborsiz ota-onalar bor, xolos

Har bir bolaning ichida o‘ziga xos iste’dod yashirin. Uni yuzaga chiqarish hamda rivojlantirish ota-onalarning farzandiga berayotgan e’tiboriga, daldasiga bog‘liq.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning qiziqishlari va iste’dodiga befarq bo‘lmang!

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.0K views16:07
Ochish/sharhlash
2024-01-17 07:13:08


Bugun 17-yanvar haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Bolalar ixtirolari kuni.
Xalqaro murabbiylik kuni.
Muzey Selfie kuni.
AQSh – Benjamin Franklin kuni.
Tailand –Milliy sut mahsulotlari kuni.

#muhim_voqealar
1773 – Jeyms Kuk tarixda birinchi bo‘lib Janubiy qutb doirasini kesib o‘tdi.
1920 – Sovet Rossiyasida o'lim jazosi rasman bekor qilindi
1929 – Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti O‘zbekiston davlat ilmiy tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan.
1992 – Oʻzbekiston va Vyetnam davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi.

#tavalludlar
1600 – Pedro Kalderon de la Barca (1681) – asarlari "Oltin asr" adabiyotining eng yuqori yutuqlaridan biri bo'lgan ispan dramaturgi va shoiri.
1706 – Benjamin Franklin (1790) – siyosatchi, diplomat, olim, ixtirochi, yozuvchi, jurnalist, noshir, mason. AQSh mustaqillik urushi etakchilaridan biri.
1847 – Nikolay Jukovskiy (1921) – zamonaviy aerodinamika asoschisi.
1863 – Konstantin Stanislavskiy (1938) – rus teatr rejissyori, aktyor va o'qituvchi, teatr islohotchisi, SSSR xalq artisti (1936). 
1942 – Muhammad Ali, ne Cassius Marcellus Clay (2016) – Og'ir vazn toifasida ringga chiqqan amerikalik professional bokschi, jahon boks tarixidagi eng mashhur va buyuk bokschilardan biri.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.4K views04:13
Ochish/sharhlash
2024-01-16 07:07:34


Bugun 16-yanvar haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Xalqaro issiq va achchiq taomlar kuni.
Kitob nashriyoti kuni.
Tailand – O‘qituvchilar kuni.
AQSh – Milliy diniy erkinlik kuni.

#muhim_voqealar
1712 – Pyotr I birinchi rus Harbiy muhandislik maktabiga asos soldi (hozirgi Harbiy kosmik akademiya).
1909 – Ernest Shelton ekspeditsiyasi Yerning janubiy qutbini ochishdi.
1920 – Parijda Millatlar Ligasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
1945 – Adolf Gitler o‘z qarorgohini yer osti bunkeriga ko‘chirdi.
1992 – Kabo-Verde, Portugaliya va Shvetsiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan olishdi.
1995 – O‘zbekiston Sloveniya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
2001 – Toshkent Xalqaro Vestminster Universiteti tashkil topdi.
2002 – BMT Xavfsizlik Kengashi "Al-Qoida" va "Tolibon"ni terroristik tashkilot deb hisobladi.

#tavalludlar
1838 – Yan Liyam (1886) – polyak satirik yozuvchisi, jurnalist.
1914 – Fattoh Abdullaev (1985) – o‘zbek tilshunosi. 
1930 – Ruben Safarov (2016) – huquqshunos, yozuvchi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1980).
1969 – Roy Jons – amerikalik professional bokschi.
1979 – Bobur Yo'ldoshev – Iste'dodli aktyor.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.0K views04:07
Ochish/sharhlash
2024-01-15 16:44:24
#onalarni_qadrlaylik

Jurnalist: Nega onang haligacha sen bilan yashaydi? Nima uchun unga uy qurib bermagansan?

Ronaldu: Onam meni ulg'aytirdi va hayotini menga bag'ishladi. Men to'q bo'lishim uchun o'zi och yotar edi. Bizda mutlaqo pul yo'q edi. Men birinchi bor butsa sotib olishim uchun haftada 7 kecha va kunduz xizmatkor bo'lib ishlagan. Mening barcha muvaffaqiyatlarim u tufayli va unga bag'ishlangan, onam hayot ekan doimo meni yonimda bo'ladi, men ega bo'lishim mumkin bo'lgan hamma narsa onamniki. U mening boshpanam va eng buyuk sovg'am.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling
14.2K views13:44
Ochish/sharhlash