Get Mystery Box with random crypto!

Birga kitob o'qiymiz

Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz B
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Telegram kanalining logotibi kitobxonyoshlar — Birga kitob o'qiymiz
Kanaldagi mavzular:
Muhim
Tavalludlar
Bayramlar
Kanal manzili: @kitobxonyoshlar
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 61.09K
Kanalning ta’rifi

📚“Birga kitob o‘qiymiz” loyihasi rasmiy sahifasi
Kanalimizda ibratli, foydali va barchaga manfaatli ma’lumot ulashmoqchi bo‘lsangiz @diqqatloyiha ga murojaat qiling!
🤝 Reklama va hamkorlik uchun: @hamkoradmin

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2023-12-01 16:02:05
Eng zo’r kasblardan birini o’rganmoqchisiz, ammo

Kelajakda yaxshi dasturchi bo’la olamanmi? Qaysi tilni o’rgansam ekan? Qachon men ham chet elga sayohat qilaman?

Shu kabi savollar sizga tinchlik bermayotganidan xabardormiz.

Hozir “aytishnik”lar davri ekanligiga aslo shubxa yo’q, chunki ularga bo'lgan ehtiyoj borgan sari o'smoqda, ayniqsa Yaponiyada.

Toshkent shahridagi Japan Digital University esa bir vaqtning o'zida ham dasturlash, ham yapon tilini yetarli darajada puxta o'rgatib, karyerangizni Yaponiyada davom ettirish imkoniyatini beruvchi dargohdir.

Ushbu oliygohga kirish imtihonlari onlayn tarzda, matematika fanidan bo’lib o’tadi.

HUJJAT TOPSHIRISH

Bahorgi semestr uchun ro’yxatdan o’ting va hayollarni reallikka aylantiring!

Litsenziya №0044, 06.12.2021

Toshkent sh. Alixon To’ra Sog’uniy ko’chasi, 44-uy

Bog’lanish uchun: 71-200-05-95 | chat

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube
21.5K views13:02
Ochish/sharhlash
2023-12-01 07:51:12


Bugun 1-dekabr haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni.
Qoraqalpoq tili kuni.
Yaponiya – Kino suratlari kuni.
Gana – Milliy fermerlar kuni.

#muhim_voqealar
1887 – Sherlok Xolms haqidagi  ilk kitob e'lon qilindi.
1929 – O‘zbekiston arab xatidan lotin alifbosiga o‘tdi. 
1933 – Zangiota tumani tashkil etildi.
1945 – Ayollar butunjahon demokratik federatsiyasi tashkil etildi.
1990 – 40 metrlik chuqurlikdagi Fransiya va Angliyani bog‘lab turuvchi suvosti tunneli ishga tushirildi.
1991 – Qozog‘istonda birinchi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.

#tavalludlar
1743 – Martin Genrix – nemis kimyogari, uran, sirkoniy, titan, seriy, tellurni kashf qilgan.
1873 – Bryusov Valeriy – rus yozuvchisi, dramaturg.
1913 – Mansurov Rustam – aktyor, O’zbekiston xalq artisti.
1945 – Gennagiy Xazanov – aktyor, kulgu janri ustasi.
1992 – Sitora Alimjonova – O'zbek kino aktrisasi, qo'shiqchi.‌‌

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
13.1K views04:51
Ochish/sharhlash
2023-11-30 22:17:04
Qishning ilk kuni barchaga muborak bo'lsin

Mana ko'z ochib yumguncha 2023-yilning eng so'nggi oyini ham qarshiladik. Vaqt shiddat bilan o'tib bormoqda, 31 kunda so'ng barchamiz yana bir yoshga ulg'ayamiz, umr o'tmoqda.

Ertaga afsuslanmaslik uchun yoshlik davrlarimizni kelajagimiz uchun manfaatli bo'ladigan ishlar bilan, ya'ni ilm olish bilan o'tkazaylik. Chunki, yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
29.1K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2023-11-30 12:56:11 #xushxabar

Jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

-bosqichda – Ekspertlar kengashi har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxatini tuzadi;

-bosqichda – aholi ovoz berish yo‘li bilan yakuniy ro‘yxatni shakllantiriladi.

Nashr etiladigan kitoblarning kamida 20 foizi ilmiy-ommabop asarlar bo‘ladi. 2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari ko‘riladi.

O‘zbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

Tarjima qilishni qaysi kitobdan boshlash kerak? Fikrlarizgizni kutaman.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
29.3K viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2023-11-30 07:54:26 Kelinglar shu ishni chellenj qilib yuboramiz!

Ko‘chada, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, avtobus bekatlarida umuman odamlarni ko‘zi tushadigan joylarda bugun kitob o‘qiylik.

Ushbu holatni o‘zingizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaringizga (sahifalaringiz bo‘lsa joylang, bo‘lmasa shart emas) #kitobxonyoshlar heshtegi bilan joylang va @mrkitobadmin ga yuboring. Eng yaxshi 10 ta rasm yoki videolar kanalimizga joylanadi.

Nima deysizlar, qilamizmi?

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
30.9K viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2023-11-30 06:42:37 Tanlov-kasting e’loni bo‘yicha muhim tushuntirish! Sizdan faqat hikoya qabul qilamiz, she’r yoki boshqa videolar kerak emas! Videoda o‘zingiz ko‘ringan bo‘lishingiz kerak, chunki tanlov-kasting yakunida biz loyihamiz uchun boshlovchini tanlab olamiz.…
29.1K viewsedited  03:42
Ochish/sharhlash
2023-11-30 06:37:49


Bugun 30-noyabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Kimyoviy urush qurbonlarini xotirlash kuni.
Kompyuter xavfsizligi kuni.
Oshqozon saratoni haqida xabardorlik kuni.
AQSh – Milliy shaxsiy makon kuni.

#muhim_voqealar
1609 – Galiley Galiley Oy yuzasining birinchi xaritasini tuzdi.
1872 – Glazgoda birinchi rasmiy xalqaro futbol uchrashuvi bo'lib o'tdi (Shotlandiya 0: 0 Angliya).
1876 – Pavel Nikolaevich Yablochkov transformator uchun patent oldi.
1919 – Andijon teatri tashkil topdi.
1939 – Muqumiy nomidagi О'zbek davlat musiqali drama teatri o'z faoliyatini boshladi.

#tavalludlar
1667 – Jonatan Svift – Ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi.
1821 – Fyodor Dostoevskiy – Rus yozuvchisi.
1835 – Mark Tven – Amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi. 
1874 – Uinston Cherchill – ingliz siyosatchisi.
1910 – Razzoq Hamroyev – aktyor, rejissyor, pedagog, Oʻzbekiston xalq artisti.
1964 – Behzod Muhammadkarimov – oʻzbek teatr, kino va dublyaj aktyori.
1990 – Magnus Karlsen – norvegiyalik shaxmatchi, shaxmat bo'yicha 16-jahon chempioni.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
27.0K views03:37
Ochish/sharhlash
2023-11-29 20:54:03
Kichik bepul kutubxona hikoyasi

Oddiy kitob qutisi hayotiga ta'sir qilgan yosh bolaning ilhomlantiruvchi hikoyasini tomosha qiling.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
27.1K views17:54
Ochish/sharhlash
2023-11-29 09:18:25
Ong ostiga hujum

Uill Smitning qaysidir kinosida bir epizod bo‘ladi, ko‘rgansizlar: bir kishiga ertalabdan boshlab bir raqamni ko‘rsatishaveradi, aeraportdayam, yo‘ldayam, liftdayam, oxiri garovda o‘sha sonni tanlaydi, ongiga hujum qilib boshqarishadi.

Farg‘ona viloyati markaziy kutubxonasi ana shunga o‘xshash inovatsion yurish qilishni boshlashibdi: odamlarni ongiga kitobxonlikni singdirish, barcha joylarda kitob o‘qishni oddiy zavqli ish ekanini namoyish qilish uchun mana bunday yoshlar parklarda va boshqa jamoat joylarida o‘tirib kitob o‘qishni tashkillashibdi, muz sekin-sekin eriydi, ko‘cha ko‘yda kitoblar o‘qib o‘tirishlarga erishiladi, bugun bular 5-6 tadir, ertaga 10-15 ta, indinga 100 ta, keyin-keyin minglab bo‘lishiga ishonamiz. Juda yaxshi g‘oya, juda foydali hujum.

Siz ham kitob o‘qishni yaxshi ko‘rasizmi? Unda o‘zingiz namuna bo‘lib, kitobxonlikni boshlab bering. Zero, kitob o‘qigan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
37.0K views06:18
Ochish/sharhlash
2023-11-29 07:10:16


Bugun 29-noyabr haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni.
Albaniya – Ozodlik kuni.

#muhim_voqealar
1899 – “Barselona” futbol klubiga asos solindi.
1939 – O'zbekiston chorvachilik ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi.
1945 – Tarixda ilk bor vertolyot yordamida qutqaruv amaliyoti o‘tkazildi.
1947 – BMT Bosh Assambleyasi Falastinni bo’lish haqidagi rejani tasdiqladi.

#tavalludlar
1781 – Belo Anders – Venesuela shoiri, filolog.
1814 – De Rada Ieronim – alban shoiri, olim, siyosiy arbob, Alban romantizmining asoschisi. 
1910 – Izzat Sulton – adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg.
1956 – Abdunabi Haydarov – publitsist yozuvchi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist.
1969 – Sobirjon Mo'minov – xonanda, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo'ling
34.8K viewsedited  04:10
Ochish/sharhlash