Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 23-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 23-dekabr haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).
Sudan – Bolalar kuni.
Meksika – Rediska kuni.
Hindiston – Fermerlar kuni.

#muhim_voqealar
1672 – Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi – Reyani kashf qildi.
1876 – Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
1888 – Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
1947 – Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
1993 – Xalqaro Bobur jamg'armasi tashkil etildi.
1994 – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
2007 – Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.

#tavalludlar
1790 – Jan-Fransua Shampolyon (1832) – fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
1881 – Xuan Ramon Ximenes – Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
1908 – Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1982) – muftiy, din va jamoat arbobi.
1920 – Asqad Muxtor (1997) – Atoqli shoir va yozuvchi.
1943 – Najimatdin Ansatboyev – qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
1976 – Sevarа  Nazarxonova – xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
1978 – Samandar Hamroqulov – oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
1989 – Yulduz Rajabova – oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling