Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 21-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y ber | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 21-dekabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
Qishki quyosh turishi kuni (Winter Solstice).
Butunjahon basketbol kuni.
AQSH – Milliy uysizlarni xotirlash kuni.

#muhim_voqealar
1891 – AQSHdagi Springfild kolleji talabalari tarixda birinchi basketbol o‘yinini o‘tkazishdi.
1913 – «New York World» gazetasida tarixda birinchi marta krossvord chop etildi.
1937 – Uolt Disneyning birinchi to‘liq metrajli «Oppog‘oy va yetti gnom» multfilmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
1945 – Amir Temur qabrini ochgan ekspeditsiya o‘z ishini nihoyasiga yetkazdi.
1991 – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991-yil 8-dekabrda Minskda tuzilgan) tashkilotiga a’zo bo‘ldi.
2012 – Tarixda ilk bor “YouTube” va internetda bitta videoklip (PSYning "Gangnam Style" qo'shig'i) bir milliard marta ko‘rildi.

#tavalludlar

1773 – Robert Broun (1858) – britaniyalik botanik, Broun harakatini kashf qilgan.
1913 – Mansurov Rustam (1996) – aktyor, O'zbekiston xalq artisti.
1917 – Genrix Byol (1985) – nemis yozuvchisi, tarjimon, ssenariynavis, Nobel mukofoti sohibi (1972).
1977 – Emmanuel Makron – fransuz siyosatchisi, Fransiyaning 25-prezidenti (2017-yildan).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling