Get Mystery Box with random crypto!

#xulosa_sizdan Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin ko‘tarayotg | Birga kitob o'qiymiz

#xulosa_sizdan

Muallim sinfxonaga kirdi. Shovqin ko‘tarayotgan bolajonlar birdan jim bo‘lishdi. Ustoz o‘rniga joylashib, o‘quvchilardan:
– Qani ayting-chi, sabr nima? deb so‘radi.

Bilag‘on o‘quvchilar sabr haqida o‘z fikrlarini aytishga kirishishdi. Kimdir sabrni sariq oltin dedi, boshqasi uni jasoratga tenglashtirdi.

Ularning javobini tinglagan muallim: – “Yashanglar, to‘g‘ri fikrlarni aytdingiz. Endi esa menga diqqat qilinglar!” dedi-da, o‘zi bilan olib kelgan tuvakdagi gulni ko‘rsatib, uning qurigan barglarini yulib tashladi. O‘simlik bir zumda ko‘rimsiz holga keldi. Keyin muallim o‘simlikka suv quydi va dedi:
– Mana shu o‘simlikning yangi barglari o‘sib chiqqunicha bo‘lgan davr – sabrdir! Agar qurigan barglar olib tashlanmaganida, yangisi o‘sib chiqmasdi. Sabr ham shunday, avval musibatdek ko‘rinadi-yu, keyin esa asta sekinlik bilan yaxshilikka aylanadi!

KitobxonYoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling