Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 28-sentabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro'y be | Birga kitob o'qiymiz



Bugun 28-sentabr haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

Butunjahon quturishga qarshi kurash kuni.

Butunjahon dengiz kuni.
Ushbu kun dengiz sanoatining ahamiyatini va uning jahon savdosi va transportidagi rolini targ'ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar orqali nishonlanadi.

Bryusselda dunyodagi birinchi lombard ochildi (1618).

Samarqand viloyatidagi Kattaqo’rg’on tumani hamda Namangan viloyatidagi Pop tumani tashkil etilgan (1926) .

Butunjahon kar va soqovlar federasiyasi tuzildi (1951).

O’zbekiston Milliy bog’i bunyod etilgan kun (1991).

BMT Bosh Assam­bleyasining 48-sessiyasida mamlakatimizning Bi­rinchi Prezidenti Islom Karimov ilk bor ma’ruza qildi (1993).

Qadimgi xitoy faylasufi, dunyodagi eng zabardast diniy ustozlardan biri Konfutsiy tavallud topgan (mil. av. 551).

Italiyalik mashhur rassom Karavajo Mikelanjelo tavallud topgan (1573).

Qozoq sovet yozuvchisi, dramaturg, olim Muxtor Ayvezov tavallud topgan (1897).

Kitobxonyoshlar – Sahifamizga obuna bo‘ling