Get Mystery Box with random crypto!

Bizga kelgan xabarlarga ko‘ra ba’zi ishtirokchilarimiz “Test s | Birga kitob o'qiymiz

Bizga kelgan xabarlarga ko‘ra ba’zi ishtirokchilarimiz “Test savollarini ishlash” tugmachasini bosganda, testlar chiqmay mana shunday bo'sh sahifa ochilib turgan ekan.

Bu bo'yicha 10 dan ortiq e’tirozlar kelib tushdi. Ochig‘i nima sababdan bunday bo‘layotganini tushuna olmayabmiz, bizda mavjud 10 dan ortiq profillarda bunday holat kuzatilgani yo‘q.

Shu sababli ayni damda Toshkent shahrida bo‘lgan qaysidir ishtirokchida mana shunday holat yuz berayotgan bo‘lsa, iltimos @mrkitobadmin profiliga aloqaga chiqsangiz. Sizni ofisimizga taklif qilib, muammoni hal qilish chorasini ko‘rar edik va shu ishni orqasidan boshqa ishtirokchilardagi nosozliklar ham bartaraf etilishiga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lar edingiz.

Yordamingizni ayamaysiz degan umidda, hurmat bilan Izzatxo'ja!