Get Mystery Box with random crypto!

Kitob - tarjimalar

Telegram kanalining logotibi kitobvatarjimalar — Kitob - tarjimalar K
Telegram kanalining logotibi kitobvatarjimalar — Kitob - tarjimalar
Kanal manzili: @kitobvatarjimalar
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 37
Kanalning ta’rifi

Suzanne Collinsning “Hunger Games” trilogiyasining tarjimalari. U va boshqa kitoblar haqidagi ma’lumotlar, hamda o’z fikrlarim bilan o’rtoqlashaman. Bu kanalni shaxsiy blog deb tasavvur qilsak ham bo’lar.
Kanal admini: @ahmadkholmakhmatov

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-11-27 20:40:05
#ishjarayoni
Unumli o’tgan kundan keyin(albatta universitet vazifalari tugaganidan so’ng), yana qanchadir qism=so’z tarjima qilishga ishtiyoq paydo bo’ldi. Balki shu kecha yoki ertaga, balki umuman bu hafta yangi tarjima chiqadi degan umiddaman. Bu esa mening ish jarayonim. O’ngda turgan oq narsada telefonim turadi. Youtubeda “study with me” degan videolardan qo’yib, ish bilan shug’illanaman. Sizlarga ham tavsiya qilaman.

@kitobvatarjimalar
153 viewsedited  17:40
Ochish/sharhlash
2022-11-26 21:33:14
#tarjima
Men tirsagimga suyanib boshimni ko'tardim. Ularni ko’rish uchun yotoqxonada yorug’lik yetarli. Kichik singlim ,Prim, onamning pinjida qunishib yotar, ularning yanoqlari bir-biriga tegib turardi. Uyquda onam yoshroq ko’rinsa-da, ajinlari hali ham hech qayerga ketmagan, shunga qaramay ajinlar unchalik ham ko’p emas. Primning yuzi musaffo yomg’ir tomchisidek tiniq va  momaqaymoq gulidek yoqimli. Uning ismi shu gul sharafiga qo’yilgan. Onam ham bir paytlar juda chiroyli bo’lgan. Yoki hech bolmaganda menga shunday deyishadi.
“Hayot-mamot o’yinlari” kitobining ikkinchi paragrafi tarjimasi.

ps: yana shu kanal adminiga rahmat @tarjima_kitoblar_comics

Tarjimon: @ahmadkholmakhmatov
@kitobvatarjimalar
150 viewsedited  18:33
Ochish/sharhlash
2022-11-23 16:25:29 #maslahat
PS: Assalomu alaykum o’zim developer bo’lganim sababli, kanalda developerlar bo’lsa manfaatli bo’ladi degan fikrdaman.


@kitobvatarjimalar
133 views13:25
Ochish/sharhlash
2022-11-23 16:24:07 Domein ham tayyor
mockint.uz

IT yo'nalishlari bo'yicha(asosan Frontend va Backend) intervyular uyushtirishni sekin asta yo'lga qo'yyapmiz.

Intervyular sizga bilimingizni qaysi darajada ekanligini, kamchiliklaringiz va ularga maslahat "Feedback" beradi. Shu o'rinda, ish intervyulariga tayyorlaydi.
Ishimiz kengayishi bilan intervyuverlarni tanlash imkoni ham oshib boradi. Hozircha kamroq inson bilan boshlab olamiz. Keyinchalik, siz azizlarga ham intervyuver bo'lib, boshqalarni bilimini baholash va bu orqali ketkazgan vaqtingizga daromad ham qilish imkoni beriladi.
InshaaAlloh.

Yaqin orada rasman ishni boshlaymiz inshaaAlloh.

Qo'llab turing.

@JoshDeveloper
127 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-11-22 19:50:35
#kitob
Abdulfattoh Abu G’udda qalamiga mansub “Ulamolar nazdida vaqtning qadri” kitobini sotib olganimga ham ancha bo’ldi. Adashmasam 2 oylar. Shaxsiy ish, o’qish sababli va albatta dangasalik sababli ham o’qishni keyinroqqa suraverdim. Shu kitobni o’qish niyati hozircha juda yuqori. Sababi esa ko’plab narsalarga ulgurmayotganim. Kitobni o’qib bo’lib, o’z fikrlarimni yozib qoldiraman degan umiddaman.
rasm manbasi


@kitobvatarjimalar
115 viewsedited  16:50
Ochish/sharhlash
2022-11-21 01:08:26 #fikrlar
Tarjimonlikni vaqtni behuda sarflamaslik va tilni kuchaytirish uchun o’zimga hobbiy qilib tanladim. Bu sohani tanlashga do’stlarim juda katta turtki berdi. Hammasi bir nimalarni tarjima qilishga harakat qilishadi va albatta uddasidan juda mahorat bilan chiqishadi. O’zimga “Hunger Games” trilogiyasi juda sevimli bo’lgani uchun shu kitobni tarjima qilishga tanladim. Natijada esa 1-paragraf tarjimasi tayyor bo’ldi. Tarjimonlik sohasida yangi bo’lganim uchun juda qiyin desam ham bo’laveradi. Bu ishda katta yordam bergan @Salvatore_1912 ( @tarjima_kitoblar_comics shu kanal admini)ga ulkan minnatdorchilikimni aytmoqchiman.


@kitobvatarjimalar
116 viewsedited  22:08
Ochish/sharhlash
2022-11-21 01:02:52
#tarjima
Uyg’onganimda yotoqning narigi tarafi sovuq edi. Primning taftini his qilish uchun qo'limni cho'zdim, ammo to'shakning dag'al matosinigina topdim, xolos. U kechasi yomon tush ko'rib onamning yoniga chiqib yotgan bo'lsa kerak. Albatta, u shunday qilgan. Bugun saralash kuni-ku, axir.
“Hayot-mamot o’yinlari” kitobining birinchi paragrafi tarjimasi.

Tarjimon: @ahmadkholmakhmatov
https://t.me/kitobvatarjimalar
100 viewsedited  22:02
Ochish/sharhlash
2022-11-16 17:06:37
Kitoblar bilan ish yurituvchi eng mashxur portallardan biri bo'lmish "Goodreads" portaliga ko'ra top 10 ta eng yaxshi fendomga(muhlislar jamoasi) ega mashxur kitoblar:
1. "Hayot-mamot o'yinlari".
Muallif: Suzin Kollins.
2. "Persiy Jekson: chaqmoq o'g'risi."
Muallif: Rik Riorden.
3. "Divergent".
Muallif: Veronika Ros.
4. "Alangada yonib" (Hayot-mamoto'yinlari 2-kitob).
Muallif: Suzin Kollins.
5. "Mokingjey" (Hayot-mamoto'yinlari 3-kitob)
Muallif: Suzin Kollins.
6. "Garri Potter va falsafalar toshi".
Muallif: J. K. Rovling.
7. "Insurgent" (Divergent 2-kitob).
Muallif: Veronika Ros.
8. "Alligent" (Divergent 3-kitob).
Muallif: Veronika Ros.
9. "Sher, jodugar va shkaf" (Narniya xronologiyalar).
Muallif: S. S. Lyuvis.
10. "Quyosh chiqishi" (Zulmat ostonasidagi muhabbat 4-kitob).
Muallif: Stefani Mayer.
Manba: Ma'lumotlar "Goodreads" portalidan olindi.
P. S.: Bu yerda "eng yaxshi" fendom deyilgan, "eng katta" emas)

#rankings
@Legendary_series
@tarjima_kitoblar_comics
96 views14:06
Ochish/sharhlash