Get Mystery Box with random crypto!

#tarjima “Bizning uy deyarli Simning eng chekkasida. Bir ne | Kitob - tarjimalar

#tarjima
“Bizning uy deyarli Simning eng chekkasida. Bir nechta uy nariga o’tishim bilan o’t-o’lanlar tartibsiz o’sib yotgan maydonga yetib boraman. Uni Midov (Yaylov) deb atashadi. O’rmonzor va Midovni ustida aylanma tikan simli temir panjara ajratib turadi, haqiqatda esa bu to’siq butun Distrik 12 ni o’rab olgan. Nazariyaga ko’ra bu sim panjaralar yigirma to’rt soat elektrlangan holda bizning ko’chalarni yovvoyi kuchuklar, yolg’iz pumalar, ayiqlar va shunga o’xshash yirtqichlar ko’rsatadigan xavfdan himoya qilishi kerak edi. Ammo, biz juda omadli bo’lib chiqdik, sababi kechki payt 2-3 soatgina elektr yoqiladi, qolgan payt esa tegish zararsiz. Shunga qaramasdan doimo vizillash ovozi eshitilayotganiga diqqat bilan quloq solaman, agar javob “ha” bo’lsa elektr qo’shilgan bo’ladi. Ayni damda, u toshdek sokin. Men bir qancha butalar ortida yashiringan holda qornim bilan yerga yotib, ancha yillardan beri bo'shab yotgan ikki futli sim ostidan emaklab o’tdim. Yana bir qancha pancharaning nozik joylari bor, ammo bunisi mening uyimga eng yaqini, deyarli doim shu yerdan o’rmonga o’taman.”


“Hayot-mamot o’yinlari” kitobining yettinchi paragraf tarjimasi.


Rasmda: Katnis va panjara (kinosida sal boshqacharoq tasvirlangan)

ps: doimgidek shu kanal adminiga rahmat @tarjima_kitoblar_comics

Tarjimon: @ahmadkholmakhmatov
@kitobvatarjimalar