Get Mystery Box with random crypto!

Eng yomon koʻrgan ishim telefonga koʻp mashgʻul boʻlib qolish | Hayotiy bloglar va kitob tavsiyalari ...

Eng yomon koʻrgan ishim telefonga koʻp mashgʻul boʻlib qolish (mashgʻullik foydali ishlarda boʻlsa ham). Yomon koʻrishim sababi:

1. Vaqt ketishi.

2. Vaqt ketishi oqibatida qalbning qorayishi.

3. Vaqt behuda ketgani uchun muhim ishlarga ragʻbat susayishi.

4. Tarmoqlardagi yengil maʼlumotlarni oʻqib fikr oʻtmaslashishi.

5. Koʻzga yomon taʼsir qilishi.

6. Boshqalar nazdida telefon oʻynagan koʻrinib, nojiddiy odamga aylanish.

Maslahatim: faqat jiddiy maʼlumotlar oʻqing. U hayotingizda sizga foyda bersin. Kommentlarda oʻralashmang. Baribir u yerdagi fikrlarni hech kim inobatga olmaydi. Buning oʻrniga kitob oʻqing.

Chunki u sizni yuksaklarga olib chiqadi, telefon maʼlumotlaridan farqli oʻlaroq. Qisqasi hammasini oʻzingiz tarozuga soling. Boʻlmasa koʻp ziyon koʻrasiz.

#Mubashshir Ahmad

Alamiy