Get Mystery Box with random crypto!

Kitobdan parcha

Telegram kanalining logotibi kitobiyiqtibos — Kitobdan parcha K
Telegram kanalining logotibi kitobiyiqtibos — Kitobdan parcha
Kanal manzili: @kitobiyiqtibos
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22.50K
Kanalning ta’rifi

Jahon bestseller kitoblaridan jumlalarni o’qing va kitoblar haqida ma’lumot oling📚
•Mazmunli va motivatsion jumlalar
•Buyuk insonlardan iqtibos
Biz bilan qoling hamda o’zingizni rivojlantiring🔝
Reklama: @kitobiyiqtibosreklama
Murojat: @islomjon_ldn

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-14 06:00:46 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan:
«Qiyomat qachon, ey Allohning Rasuli!» deb so’radi.
«Sen unga nima tayyorlading?» dedilar.
«Men unga ko’p namoz, ro’za va sadaqa tayyorlaganim yo’q. Lekin Allohni va Uning Rasulini yaxshi ko’raman», dedi.
«Sen o’zing yaxshi ko’rganlar bilan birgasan», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Biz ham shundaymi?» dedik.
«Ha», dedilar.
O’sha kuni qattik xursand bo’ldik»ni ziyoda qilgan.

”Yaxshilik va axloq”

@kitobiyiqtibos
6.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-05-13 15:08:43 Tayoq bilan gilamga urishdan maqsad - gilamni kaltaklash emas, changini olishdir. Alloh senga dard-qiyinchilik berib kiringni olgay. Axir nega g'am yemoqdasan?

Jaloliddin Rumiy

@kitobiyiqtibos
7.4K viewsedited  12:08
Ochish/sharhlash
2024-05-12 06:02:01 Kutishni bilgan odamga hamma narsa o'z vaqtida keladi.

”Urush Va Tinchlik”

@kitobiyiqtibos
9.5K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-05-11 15:25:59 Uddaburon

— Mening o'g'lim shunaqa uddaburonki, tegirmonga tushsa, butun chiqadi!
— Meniki tegirmonga tushsa bir qop un orqalab chiqadi!

”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar”

@kitobiyiqtibos
10.0K views12:25
Ochish/sharhlash
2024-05-10 13:38:39 Ba'zi saboqlarni tushunishdan oldin ularni boshdan kechirish kerak.

Michael Batnick

@kitobiyiqtibos
11.1K views10:38
Ochish/sharhlash
2024-05-09 17:54:51 —Mening o'g'lim — do'xtir!
—Mening o'g'lim — mol do’xtiri.
—Shuyam hunar bo'ldi-yu?! Bolangga boshqa kasb qurib qolganmidi?
—Unaqa dema, o'rtoq, hunarning yomoni bo'Imaydi. Men kasal bo'lsam, sening o'g'ling davolaydi. Sen kasal bo'lsang, mening o'g'lim davolaydi!

”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar”

@kitobiyiqtibos
13.0K views14:54
Ochish/sharhlash
2024-05-09 16:28:33
Hayotingizni o‘zgartiruvchi blog!

To‘g‘ri o‘qidingiz ushbu kanaldagi birgina post orqali hayotingiz 180° ga o‘zgarishi mumkin.

Ming marta eshitgandan, bir marta kirib, o‘qib ko‘rgan yaxshi.

Obuna bo'ling: https://t.me/baratovs_blog
11.3K views13:28
Ochish/sharhlash
2024-05-09 15:25:51 Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom hadislaridan birida:
«Mo’minning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa ham, yaxshilik bo’ladi. Xursandlik yetsa, shukr qiladi, yaxshi bo’ladi. Musibat yetsa, sabr qiladi, yaxshi bo’ladi», deganlar.
Alloh taolo yana:
«Va sabrlilarga xushxabar ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», - derlar», degan («Baqara» surasi, 155-156 oyatlar).

”Yaxshilik va axloq”

@kitobiyiqtibos
9.7K views12:25
Ochish/sharhlash
2024-05-08 18:01:41 Yurtim, ko‘nglingdek keng osmonlaring bor,
Yulduzni yig‘latgan dostonlaring bor.
Osmonlaringda ham diydoringga zor,
Jayrondek termulgan Cho‘lponlaring bor.
Qo‘ling qadog‘iga bosay yuzimni,
Onamsan-ku, og‘ir olma so‘zimni,
Qayinbarglar yopib qaro ko‘zini
Olislarda qolgan Usmonlaring bor.

Muhammad Yusuf

@kitobiyiqtibos
10.8K views15:01
Ochish/sharhlash
2024-05-08 06:14:50 — Mening o'g'lim xo'-o'-p orzu-havasli chiqdi-da, baraka topgur!
Yaqinda to'y qilaman deb, yap-yangi «Neksiya»sini sotib yubordi, azamat!
 — Mening jiyanimni aytmaysanmi? To'y qilaman deb, uy-joyini sotdi! Endi ko’chada yuribdi!

”Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar“

@kitobiyiqtibos
11.5K viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash