Get Mystery Box with random crypto!

KitobistoN

Telegram kanalining logotibi kitobistonn — KitobistoN K
Telegram kanalining logotibi kitobistonn — KitobistoN
Kanal manzili: @kitobistonn
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 716
Kanalning ta’rifi

Kitoblar va ulardan iqtiboslar.
Balki taqrizlar ham berib borarman.
Yoqsa kanalda qoling, yoqmasa «unmute» qiling.)
Murojaat uchun: @Kitobistongamaktub_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-06-10 19:52:09 “Kuchsizlar kuchi” haqida

Kitob juda murakkab uslubda tarjima qilingan, ammo hamma o’qishi va ko’zini moshdek ochishi kerak bo’lgan asar. Ayniqsa, rusparast, SSSRparastlar o’qishi kerak, lekin shunda ham ular buni “g’arbning navbatdagi hiylasi”, deb qarshi olsa kerak.

Kitob Chexiyaning sobiq prezidenti tomonidan yozilgan, ammo biz o’rgangan “prezident asarlaridan” farqli kitobda aniq yo’nalish, real voqelik hamda kommunistik tuzumning asl basharasini ochishga jur’at bor. Ha, azizlar, prezidentlar ham “shirin-shakar qovun-u, musaffo osmon”dan boshqa narsalarni gapira olarkan, tag’in sobiq ittifoqchilardan bo’lib. Tan olish kerak, bir paytlar - “assalom rus xalqi, buyuk og’amiz” deb yurgan millat, qo’rqmay bosh ko’tara olishi uchun jasurlik benihoya katta talab etiladi. Balki shuning uchun ham bugun chexlarda “rus tiliga haddi sig’ib gapirish” - o’limga tik qarashdek emasdir, ba’zi davlatlardan farqli o’laroq.

Agar ilmiy-falsafiy matnlar bilan ko’z pishmagan bo’lsa, kitob matni sizga og’irlik qiladi. Biroq o’qiyversangiz suv ostiga cho’kkan shakar ta’mini ilg’ayverasiz, axir, qachondir saviyangizni oshirishingiz kerak-ku. Yillar davomida yuvilgan miyalarimiz bir kaftimizga, postotalitar davlatning asl basharasi boshqa kaftimizga qo’yiladi. Ko’zlarni ochib qarash kifoya, haqni qabul qilish kifoya. Kitobni o’qir ekansiz, sobiq “o’roq-boltachi”lar jamiyati hali hanuz shu shaklda ekanini anglaysiz. Hech nega katta ko’chalarda bayroqlar ilinib turishi, haftada ikki martta majburan ayttiriladigan madhiya, mol-qo’y bozorida siyosatdan xabar beruvchi va ayni vaqtni chang bosib, quyosh nurida sarg’ayib ketgan bannerlar osilib turishini o’ylab ko’rganmisiz?! Nega oddiy ofisga kirsangiz ham to’rini davlat boshlig’i prezidenti portreti bezashini-chi?! Balki e’tibor ham bermagandirsiz. Aslida birov uni e’tibor bilan anglab qilmaydi, bu shunchaki tizim. Biz shunga “kodlashtirilganmiz” - bu bizning “xavfsiz” inson ekanligimizni beruvchi signal. Direktorlar yonib - kuyib madhiya ayttirishiga ham sabab lavozimiga naqadar loyiqligini isbotlash, balki lavozimni tish-tirnog’i bilan “himoyalash”dir. Bir yili ma’naviy-ma’rifiy o’quv ishlar prorektori bayroq kunini boshqa kuni nishonlattirgani, haqiqiy kuni yana qayta nishonlaganimiz esimga tushib ketdi. Ularga na bayroq va na davlat qiziq, ular qog’ozbozlik, rasmiyatchilik kishilari. Bir tiyinga arzimaydigan buyruqlar ularning kislorodi, ular busiz jamiyatni, hayotni tasavvur qilisholmaydi. Va ular juda ko’p. Tepada…

Davlat siyosati, konstitutsiyaga o’zgartirish kiritilishi yo jillaqursa insoniy-shaxsiy huquq haqida gapirishga yurak betlamaydi.

Ammo
Lekin
Biroq

“Galstuk masalasida” - men;
“Paypoqning uzun-kaltaligi masalasida” - men;
“Go’shtni ko’p yemaslik haqida” - men;
“Ayollar kiyimi masalasida” - men, deguvchi shovvozlar talaygina. Bemaza qovun ham hijolat. Chunki siyosiy bo’shliqni bemaza rituallar - tuturiqsiz majlislar, lineykalar, yig’ilishlar egallab bo’lgan. Ishtoni yo’q, tizzasi yirtiqqa kulibdi, deganday, Turkmaniston va Shimoliy Korea bizga toza hajviya bo’lgan.

Postotalitar davlatning diktator tuzumdan farqi - qonunchilikda. Diktator qilmishini berkitish uchun qonun ishlab chiqmaydi, uning zulmi ochiq-oshkor. “Oshing halol bo’lsa, ko’chada ye”, deganlardan. Ammo postotalitar tuzum doimiy ketini yopish uchun qonun ishlab chiqaveradi. Garri Potterning qaysidir qismida yangi qoidalar bilan butun devor to’lib ketganini eslaysizmi?! Yana sizga qaysi tuzumni eslatdi bu sistema? Hammamiz biladigan va indamaydigan o’sha javob.

Susambilda yashamayotganingizni anglashni istasangiz kitobni mutolaa qiling. Yuvdirilgan miya bilan yashagingiz kelsa, yana o’zingiz bilasiz.

(C) Jabalut Toriq
1.2K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-06-05 11:30:37 Inson illuziyaga qancha ko’p botirilsa, siyosiy shoklar yuz berganda uning hayratlanishi ham shunchalik kuchli bo’ladi.

V. Gavel “Kuchsizlar kuchi”
1.4K views08:30
Ochish/sharhlash
2022-06-04 18:20:21 Postotolitar davlatlarda siyosiy hayot yo’q qilinadi. Natijada siyosiy bo’shliqni rituallar egallaydi.

V. Gavel “Kuchsizlar kuchi”
1.4K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-06-04 11:20:19 Mafkura siz yolg’onga rozi bo’lsangizgina sizni ko’tarib turadi.

V.Gavel “Kuchsizlar kuchi”
1.4K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-06-03 11:10:35 Qulsifatlar ozod qilinsa, yo qullik davrini qumsaydi yoki bozordan o’ziga quldor sotib oladi.

A.Elchibey

“Kuchsizlar kuchi” V. Gavel
1.4K views08:10
Ochish/sharhlash
2022-05-29 07:04:40
Insonlar xuddi kitoblarga o’xshaydi. Ba’zilarini qayta-qayta o’qib to’ymaysiz, ba’zilarini sarlavhasidan xulosa chiqarasiz.

@kitobistonn
1.9K views04:04
Ochish/sharhlash
2022-05-20 15:40:12 “Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi?” haqida

Ilk 10 sahifada “zakaznoy” kitobmikan, degan fikr kelgandi. Sababi uzundan uzoq islohotlar, osmono’par sonlar, baland qiymatlar va prezidentga e’tiroflarni “zakaznoy” matnlarda uchratib o’rganib qolganmiz. Bu mentalitetimizga singib ketgan, menimcha. Har yillik hisobotdagi YAIMining o’sishini ko’rib, tez orada Xitoyga yetsak kerak, deb umid qiladigan mentalitet nima ham deb o’ylasin. Axir, bu sonlar qog’ozlardagina o’sishini ancha oldin bilib bo’lgan-ku.))

Xullas, “zakaznoy” emas ekan. Chunki keyingi sahifalarda ish jiddiy va keskin, kamiga shiddatli tarzda olib borilganiga guvoh bo’lasiz. Korrupsiya barcha Sobiq Ittifoq davlatlariga jonday tanish atama, shunchalik tanishki, usiz hayot yo’qligiga o’zimizni ishontirib bo’ldik. Agar biror kursi egasini poraxo’rlikda ayblashsa, jonimizni fido qilib uni himoyalay ketadigan darajada, “sen ham o’tirsang, olarding-da” deb yuvib-chayadigan darajada bu atamaga singib ketganmiz. Mana shu stereotipimizni parchalaydigan kitob ekan, azizlar. Korrupsiya tugatilishi, soliqlar kamayishi va odamlar bib-binoyidek yashashi mumkinligi haqidagi reallikka asoslangan kitob. Bu “Utopiya” emas, bu davlat eramizdan avval ham bo’lmagan.

Gruziyaning hozirgi iqtisodiy-ijtimoiy holati haqida xabarim yo’q, lekin kitob 2011 yilda rus tilida chop etilganligi hisobga olsak, o’sha yillardagi bizdan ularning holati ancha yaxshi bo’lganini his qilasiz. Qarorlarni keskin qabul qilgan, bo’ronday yopirilib, islohotlar ustida ishlagan jamoa bilan tanishar ekanman, biror bittasi oddiy mutaxassis emasligiga, qolaversa, deyarli hammasi o’ziga to’q, tadbirkorlardan ekanligiga amin bo’ldim. Shuning uchun ham ular hukumatni isloh qilishga bel bog’lashgan, agar qorin g’ami uchun bel bog’langanda aniqki, muvaffaqqiyatning “m” harfiga ham erishib bo’lmasdi. Inqilobdan keyin hukumat malakali mutaxassislarni chaqirganda daromadli ishini, uy-joyini tashlab, vatani uchun qaytib kelgan kadrlar ancha bo’lgan ekan…

Kitobning qarashlarimga ijobiy ta’sirlaridan biri xususiylashtirishga munosabatimning o’zgargani bo’ldi. Lekin bu masalani hali biznikilar neytral qabul qilmasa kerak, chunki islohot o’tkazilgan xalqning o’zi ham, siyosiy vakillari ham buni to’la-to’kis qabul qilib ulgurmagan.)) Davlat muassalarini qisqartirish masalasi ham juda dolzarb, “Xalq xizmatchisi” nomli ukrain serialini ko’rib bildimki, bu kabi muammo butun sobiq ittifoqchilarda dolzarb ekan. Sovet davri erkinlik va milliy boyliklar evaziga xuddi choy-chaqa bergandek ba’zi narsalarni ommatan bepul qilgandi. Aytaylik, tibbiyot. Gruziyada bo’lgani kabi tibbiyotni xususiylashtirish bizda keskin qabul qilinsa kerak. Garvard tadqiqotchisi bir debatida “Ijaraga olishdan egalik qilish afzal. Sababi egalik qilish qayg’urish, asrashga sabab bo’ladi. Ijarachi mulk haqida qayg’urmaydi”, degandi. Haqiqatda, hukumatga kelib ketadiganlar xuddi ijarachidek gap, ayniqsa, bu ijarachilarning barchasi och bo’lsa, o’marish haqida ular o’ylamay, kim o’ylasin?! Savollar ko’p, javoblar ham yetarli. Yechim sari jur’at yetishmaydi, xolos.

Qachonlardir “O’zbekiston qanday muvaffaqiyatga erishdi?” nomli ko’plab davlatlarga andoza bo’ladigan kitob yoziladi, deb umid qilaman.

(C) Jabalut Toriq
2.0K viewsedited  12:40
Ochish/sharhlash
2022-05-20 15:37:13 …Masalan, vazirlik hisobida qo’ylar ham ro’yhatga olingandi. Shu bilan birga raqamlarga qaralsa, ular yildan yilga kamayib borganini ko’rish mumkin. Mayli, hamma narsa bo’lishi mumkin-ku, deb o’yladim. Qo’ylarga javobgar kishilarga “Ularning junini nima qildingiz?”, - deb so’radim. Ular hech narsa deyisholmadi, ola-kula bo’lgan nigohlarini menga tikishdi,xolos. Bu qo’ylar ko’paymayotgani - o’lib ketayotgani uyoqda tursin, ular xatto yungsiz edi.

- Gruziyaning sobiq vaziri K.Bendukze hikoya qiladi.

(C) Larisa Burakova “Gruziya qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi?”

Ps. Qo’ylargacha qo’ymay o’marishgan davlatni.)
1.4K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-05-20 15:37:11 Agar davlat xizmatchisining oylik maoshi 20 dollar bo’lsa, korrupsiya qarshi kurashishni qanday unga ishonib topshirish mumkin?

(C) Larisa Burakova “Gruziya qanday qilib muvaffaqiyatga erishdi?”
1.4K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-05-15 20:07:37 Сен золимнинг ўзисан

Имом Аҳмад ибн Ҳанбал роҳматуллохи алайҳ зиндонга ташланган вақтларида қамоқхона қўриқчиларидан бири у зотнинг олдиларига келиб сўради:

— Эй Абу Абдуллоҳ, золим ва золимга ёрдам берувчиларга бўладиган аламли азоб ҳақида айтилган ҳадис саҳиҳми?

Имом Аҳмад:

— Ҳа, — дедилар.

Шунда қамоқхона қўриқчиси:

— Демак, мен ҳам золимнинг ёрдамчиси ҳисобланаманми? — деб сўради.

Имом Аҳмад жавоб бердилар:

— Йўқ. Золимнинг ёрдамчиси — золимнинг соч-соқолини тараб, кийимини ювиб берадиган, унга овқат пишириб берадиган, ундан нарса сотиб олиб, унга сотадиганлардир. Сен эса золимнинг ёрдамчиси эмас, балки золимнинг ўзисан.

Исмоил ибн Муҳаммад ал-Асбаҳоний, «Салаф солиҳлар сийрати».

@islomtarixiuz — ўтмишнинг биз унутган саҳифалари сари!
1.6K views17:07
Ochish/sharhlash