Get Mystery Box with random crypto!

Kitobdagidek 📚💞

Telegram kanalining logotibi kitobdagidek — Kitobdagidek 📚💞 K
Telegram kanalining logotibi kitobdagidek — Kitobdagidek 📚💞
Kanal manzili: @kitobdagidek
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

:)

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-06 05:36:26 Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan
tugatgin

"Halol luqma" asaridan
16 viewsedited  02:36
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:35:16 Rasmiy xabar: qishki ta’til uzaytirildi

O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kelishi munosabati bilan barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

O‘qish jarayonlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.

@alisher_sadullaev
20 views14:35
Ochish/sharhlash
2023-01-04 19:15:36 Umuman qoqilmaslik omadli bo‘lish degani emas .Eng katta omad yiqilganingda qayta turmoqdir

"Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar"
33 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:43:41 Mag’lubiyatlardan charchab  , nima uchun bunaqa bo’ladi ,nega aynan men yutqizaman , bu mag’lubiyatlar qachon tugaydi deb yurgan vaqtlarim edi, nega nima uchun degan savollar meni qiynardi  .Ayni o’sha damlar Birgalikda yuksalamiz loyihasiga qo’shildim .Va…
37 views14:43
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:42:09 Mag’lubiyatlardan charchab  , nima uchun bunaqa bo’ladi ,nega aynan men yutqizaman , bu mag’lubiyatlar qachon tugaydi deb yurgan vaqtlarim edi, nega nima uchun degan savollar meni qiynardi  .Ayni o’sha damlar Birgalikda yuksalamiz loyihasiga qo’shildim .Va Iymon va huzun asarini o’qidim .Agar BY bo’lmaganda ,bu loyihada ushbu kitob qo’yilmaganda o’qimagan bo’lishim mumkin edi .Yo’q ,yo’q o’qirdim faqat ancha kech.Qisqasi ushbu asarni o’qigach hayotimda ,hayolot olamimda javob topolmayotgan savollarimga javob topishga musharraf  bo’ldim . Go’yoki ezgulikka chiqdim .Hayotim go’zallashgandek bo’ldi. Mendagi mag’lubiyatlarni muvafaqqiyat deb hisoblaydiganlar borligiga amin bo’ldim. Asarda iymon masalasida so’z ketar  ekan , muallif xuddi sizning ichingizdagi dardga davo topayotgandek gavdalanadi. Kitobda muallif bironta mavzu haqida o’z fikrlarini bildirib qolmasdan ,o’sha fikrlari davomida boshqa shaxslarning  asarlaridan rivoyatlar ,iqtiboslar ham keltirib o’tgan .Ayni vaqtda bu har bir mutolaanavisning asarni yanada chuqurroq ,yanada yaxshiroq anglashiga imkon yaratib beradi.
Bu kitobning birgina maqsadi –iymon va umidsizlik yonma-yon yashashmaysligini .Iymon bor joyda tushkunlikka o’rin qolmasligini har bir musulmonga eslatishdir .

Asarni o’qir ekanmiz , har bir narsa o’tkinchi ekanligiyu  , hech kimga toqatidan tashqari  yuk yuklanmasligini ,Alloh bu dunyoda nimani yaratmaganiyu ,hayotdagi eng qiyin ish nimaligini ,tabassum orqali ham savobga erishadigan dinga mansubligimizniyu , qayg’ularni tabassum bilan yenggan inson eng kuchli inson ekanligini anglaymiz.
Asarda meni juda ham ta’sirlantirgan hikoya  ‘’Kulchaning puliga Jannat sotib olaman’’ hikoyasi bo’ldi .Bu hikoya qahramoni Alining oilaviy sharoiti garchi o’rtog’i Ahmadning  oilaviy sharoiti bilan deyarli bir xil bo’lsada ,Alining boshqalarga yordam berishga harakat qilishi yani kulchaning puliga Jannat sotib olmoqchi bo’lgani hech bir kishini befarq qoldirmaydi .
Qolaversa asarni o’qish mobaynida Alloh suygan bandalarini dardlar bilan sinashini , ya’ni sevimli bandalariga sinovlar yunorishini ham bilib olamiz .
                                                         Iqtiboslar                                          
Sadaqa umrni uzaytiradi .
Qachon bir dunyoviy dard sizni iztirobga solsa Robbingizga yuzlanib : ‘’Mening buyuk dardim bor demang ‘’ Aksincha dardingizga yuzlanib ‘’Mening buyuk Robbim bor deng .’’
Ehsonning miqdori bilinsada rizqning miqdori noma'lum . Baraka ayni mana shudir .
Nonni  boshqalar bilan baham ko’rish uni yeyishdan lazzatliroq
To’g’ri siz haromga aldanish oson zamonda yashayapsiz .Lekin bilingki Allohdan qo’rqqanga juda katta savob beriladigan  zamonda yashayapsiz.


Ey birodarlar , aziz dindoshlar barchalaringizga  ,,Iymon va huzun ‘’ asarini mutolaa qilishni tavsiya qilgan bo’lardim.  Kitobni o’qir ekansiz hayot yo’lingiz hech bo’lmaganda bir marotaba vujudga kelgan muammolarga hikmat ila javob topasiz .

Normamatova Feruza

@Kitobdagidek
38 viewsedited  14:42
Ochish/sharhlash
2023-01-04 15:52:58 Hayot ... Pastu balandi bisyor safar
Hayot... Dard bilan baxt to‘la tuyg‘u taomi

"Iymon va huzun " asari
34 viewsedited  12:52
Ochish/sharhlash
2023-01-04 11:35:22 Insonni ishtiyoq va manfaat boshqaradi !

Iymon va huzun asari
35 views08:35
Ochish/sharhlash
2023-01-03 17:53:42 Agar bugun yurmasang , ertaga yugurishga majbur bo'lasan !
38 views14:53
Ochish/sharhlash
2023-01-03 14:10:50 Vaqt joyida turmaydi .Ammo sen hech nima qilmasang - u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi
42 views11:10
Ochish/sharhlash
2023-01-02 19:50:55 Har bir narsada bir hikmat bor
48 views16:50
Ochish/sharhlash