Get Mystery Box with random crypto!

#Hikoya_vaqti #Teshik_chelak_haqida_hikoya Qadim zamonda suv | ✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

#Hikoya_vaqti
#Teshik_chelak_haqida_hikoya

Qadim zamonda suv tashuvchi bir yigit boʻlgan ekan. U obkashining ikki chetiga ilingan chelaklarda suv tashir ekan.
Chelaklardan birining tagida teshik boʻlib, manzilga yetguncha suvning yarmi toʻkilib borar ekan. Butun chelak oʻz vazifasini toʻla-toʻkis bajarayotganidan magʻrurlanar, teshigi esa ishining yarminigina bajara olayotganidan uyalib, hijolat chekar ekan.
Bir kuni teshik chelak egasiga debdi: “Men sendan uzr soʻramoqchiman, olgan suvingning yarmini yetkaza olaman, buning uchun juda hijolatman”.
Suv tashuvchi yigit unga javoban: “Seni koʻtarib keladigan tomonimdagi gullarni koʻrganmisan? Men ularni ataylab shu tomonga ekkanman. Har safar suv tashiganimda sen ularni sugʻorib ketasan. Yoʻlakning sen tomoni chamanzor. Koʻrganlarga quvonch baxsh etadi. Men ham necha martalab ayolimga shu gullardan sovgʻa qilganman. Ularning hammasi sening xizmating samarasi... Buning uchun senga rahmat”, debdi.
Teshik chelak esa mamnun holda gullarni sugʻorishda davom etibdi.

Akbarshoh RASULOV

Yaqinlaringizga ham jo‘nating:
@kitob_xiyoboni