Get Mystery Box with random crypto!

Mening olamim🪐

Telegram kanalining logotibi kichik_olamiim — Mening olamim🪐 M
Telegram kanalining logotibi kichik_olamiim — Mening olamim🪐
Kanal manzili: @kichik_olamiim
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42
Kanalning ta’rifi

Mening kichik olamim💫
Kanalni hech narsa deb maqtamoqchi emasman, qadrdon😊
Agar kanal haqida bilmoqchi bo'lsangiz, shunchaki postlarni o'qing 📝
Shu xolos😇
Murojaat uchun: @GuvenenkalbimBot🌵

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-09 07:28:09 Assalomu alaykum qadrlilarim
Sogʻ-omonmisiz
Boshlangan yangi kun muborak

Sizlarga bir yangilik bor, yaʼni mana shu kanalga admin olmoqchiman. Avval kanal yuritgan, chiroyli va sifatli postlar bilan kanal aktivligini koʻtara oladigan admin kerak
Murojaat uchun @GuvenenkalbimBot

Kutaman)
40 viewsedited  04:28
Ochish/sharhlash
2022-12-26 09:25:47 Ko‘nglimning barcha eshiklarini yopdim. Yolg‘izgina Sen uchun atalgan, birgina eshik qoldi...

"Nima uchun barcha eshiklarni berkitding, Ko‘ngil degani keng bo‘lmaydimi?" - deb so‘radilar.
Ko‘ngil keng ey go‘zal Yor,
Faqat kirish eshigi tor.
Bu eshikdan, "Sen-Men" o‘laroq kirilmaydi.
Faqatgina, Sen o‘laroq kirish bor!

Rumiy
141 views06:25
Ochish/sharhlash
2022-12-25 19:50:43 @Zarnigor_Asrorova
135 views16:50
Ochish/sharhlash
2022-12-11 07:21:22 Oʻzim haqimda qisqacha

Men Asrorova Zarnigor Zulfiqor qizi 2002-yil 14-oktyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tugʻilganman. Hozirda Andijon davlat pedagogika instituti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 2-bosqich talabasiman) Shuni aytib oʻtmoqchimanki, garchi Qashqadaryo va Andijon oʻrtasidagi masofa biroz uzoq boʻlsada, lekin men bundan hech ham xafa emasman) Chunki bularning barchasi men uchun xayrli boʻlgan ekan) Shu 2 yillik oʻqishim davomida Andijonda boʻlgan barcha voqealar, Andijonning oqkoʻngil, mehmondoʻst, xushmuomala, samimiy va mehnatsevar insonlari, esda qolishga arzigulik xotiralari boʻldi)
Shu jumladan, Andijon menga koʻp narsa berdi... Mehribon insonlar, jonkuyar ustozlar, samimiy doʻstlar bilan tanishtirdi, yutuqlarga erishishimga sababchi boʻldi
Hozirda esa oʻqish bilan birgalikda Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Andijon davlat pedagogika instituti boshlangʻich tashkiloti matbuot kotibi, yoshlar media guruhi rahbari sifatida faoliyat yuritishimga ham sababchi boʻldi bu goʻzal goʻsha) Menga non-tuz berayotgan mana shu zamin, insonlar men uchun endi judayam qadrli

Endi yana oʻzim haqimda gapiradigan boʻlsam, men ilmiy va publitsistik maqolalar yozishga, audiosheʼrlar tayyorlashga, jurnalistika sohasiga hamda rasmlar olishga judayam qiziqaman. In Shaa Allah yaqin kunlarda Adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi, xalqaro jurnalist va bundan tashqari ancha-muncha(gapiradigan boʻlsam tugamaydi) yutuqqa erishgan, oʻzbek degan nomni dunyoga tanitishga oʻzining hissasini qoʻshgan shijoatli oʻzbek qizi Shohida Yusupovaning "Shine qizlar akademiyasi" da tahsil olishni boshlayman(natijalarini In Shaa Allah yoritib borishga harakat qilaman) Bu ham albatta shaxsiy rivojlanish uchun, muvaffaqiyatga erishish uchun tashlanayotgan kichik qadamlarimdan biri)
Bundan tashqari yaqinda institutimizning "Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yoshlar klubi"ga ham qabul qilindim)
Qolaversa, oʻqishdagi faoliyatim davomida "Yil talabasi - 2022" koʻrik-tanlovining institut bosqichida "Yilning eng faol ijodkor talabasi" nominatsiyasi boʻyicha faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdim, Alhamdulillah
Lekin bu bilan cheklanib qolmayman albatta. Keyingi yil 1-oʻrinni egallab, tanlovning Rerpublika bosqichida ham gʻolib boʻlaman In Shaa Allah)

Men mana shu hayotda yashayotgan ekanman, oz boʻlsada muvaffaqiyatga erishgan boʻlsam, bularning barchasi Allohdan Qolaversa, bunda oʻzining mehnatini, yordamini ayamagan, meni hozirgi "men" boʻlishimga sababchi boʻlgan insonlar ota-onam, ustozlarimdir!

Endi oʻzimning yomon xislatlarimni ham aytadigan boʻlsam baʼzida judayam dangasaman, uyquni sevaman, ozgina arazchiman va yana boshqalar )

Xoʻsh, demak qisqacha deb ancha gapirgan boʻlsam ham, lekin bular mening endi boshlanayotgan faoliyatim va muvaffaqiyatlarim. In Shaa Alloh davomli boʻlishi uchun harakatdaman va hozirgacha ega boʻlgan barcha narsam, yutuqlarim uchun Allohimga behisob shukur aytaman

Bularni aslo maqtanish deb oʻylamang, bu shunchaki bir qizning hikoyasi va uni keyinchalik oʻzim ham oʻqib, eslab yurishim uchun muhrlab bormoqchiman) Hozircha sizga aytmoqchi boʻlganlarim shular, Xudo xohlasa birgalikda davom etamiz )

Sizlar bilan doim birga
@Zarnigor_Asrorova
207 views04:21
Ochish/sharhlash
2022-12-11 03:06:35 Okuduğunuz kitabin sonuna geldiğinizde isminin daha anlamlı olması... Bu şarkı o anda hissettiğiniz şeyleri anlatıyor gibi. Biraz huzurlu, üzgün, mutlu ama buruk...
197 views00:06
Ochish/sharhlash
2022-12-04 11:11:12
— never mind.
I love rain
sun
and you
248 views08:11
Ochish/sharhlash
2022-12-01 16:39:14
Mo'minning bahori bo'lgan qish fasli barchamizga hayrli bo'lsin. Alloh taolo bu faslni barokatli, fayzli qilsin.
220 views13:39
Ochish/sharhlash
2022-11-30 22:08:01 Welcome to Winter
265 views19:08
Ochish/sharhlash
2022-11-25 12:03:20 #new

Oddiy bir gugurtdan oʻrnak ol yurak,
Yondirmogʻing uchun, yonmogʻing kerak


Mening olamim
270 viewsedited  09:03
Ochish/sharhlash
2022-11-20 14:09:22 #tanlovga Purviqor tog'larning cho'qqisi nega tuman bilan qoplangan bo'ladi bilasizmi? Chunki xayajon to'la ko'ngilning xazinasi bulutlarda yashiringan... "Alfido" Onur Qoplon To'raqulov Shoyusuf @kitob_ombori
318 views11:09
Ochish/sharhlash