"Viloyat hokimi olimpiadasi" 1-turi Urganch shahrida o‘tkazildi!
2022-yil 29-dekabrda Xorazm viloyatining yangi hokimi
Jo‘rabek Raximovga KHISO olimpiada maktabi asoschisi
Sardor Bozorboyev tomonidan
"Viloyat hokimi olimpiadasi" marafoni tashkil etish
taklifi bildirilgan edi.
Ushbu olimpiadaning 1-turi viloyatdagi 7-8 sinf (har bir tumandan 10 tadan eng yaxshi) o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan
o‘tkazildi.
G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.
Olimpiadaning keyingi turlari mart oyida
Urganch va
Yangibozor tumanlarida o‘tkaziladi. Ushbu turdan
5-6 sinf o‘quvchilariga matematika fanidan va
7-8 sinf o‘quvchilariga
kimyo, biologiya, fizika (
navbatma-navbat) fanlaridan olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.
Endilikda Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham ushbu olimpiada tashkil etilishi rejalashtirilmoqda!